$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

“Oyijon, gapim rost...”: Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi?

17:06 / 29.06.2022

Har bir bola tabiatida oʻziga xos taʼsirchanlik va sezgirlik boʻlishi tabiiy. Har bir kichkintoyning ichida juda koʻp javobsiz savollar, qiziquvchanlik va cheksiz tasavvurga ega butun bir olam mavjud. Aynan yoshlik davrida shakllangan fantaziya va tasavvur kattalarga gʻayrioddiy fikrlash, kundalik muammolarni hal qilishda noodatiy yondashuvga ega boʻlish, shuningdek, ongni hayratda qoldiradigan sanʼat asarlarini yaratish imkonini beradi.

Ammo ota-onalar bolaning fantaziya yordamida yoʻq narsalarni toʻqib chiqarayotgani va uning gaplari ortida yolgʻon yashiringanidan xavotirga tushishadi. Quyida bolaning yolgʻon gapirishiga sabab boʻluvchi omillar haqida bilib olishingiz mumkin.

Bola nega yolgʻon gapiradi? Buning asosiy sabablari bilan tanishamiz.

Qoʻrquv

Qoʻrquv har qanday yoshda yolgʻon gapirishning asosiy sababi hisoblanadi. Bolalar jazodan qoʻrqmasalar oʻz qilmishlarini osonlikcha tan olishlari mumkin. Agar bola jim tursa va qilgan ishi haqida gapirmasa, bu ham qoʻrquv va yolgʻonning isbotiga aylanadi. Zamonaviy qadriyatlar tizimida va jamiyatning ijtimoiy-maʼnaviy rivojlanish darajasida “jazo” asosiy oʻrinda boʻlishi shart emas. Bola har bir bosgan qadami uning harakatlariga qarab ijobiy va salbiy oqibatlarga olib kelishini bilishi va anglashi kerak. Bolalarni qattiq jazolash har qanday shaxsga nisbatan zoʻravonlikdir. Shu sababli ota-onalar bolaga nisbatan tarbiya modelini yaratishlari kerak, uni qoʻrqitish va jazolashni chetlab oʻtgan holda farzand bilan suhbatlashish orqali vaziyatni oʻrganishlari lozim.

Diqqatni jalb qilish

Ota-onalarning bolaga yetarlicha mehr, eʼtibor koʻrsatmasliklari, ular bilan bilan oʻzaro aloqa qilmasliklari ham muhim sabablardan biri hisoblanadi. Bola ota-onalarning eʼtiborini jalb qilish uchun mavjud boʻlmagan muvaffaqiyatlar bilan maqtanadi, yolgʻon gapiradi, boʻlgan voqealarni boʻrttirib koʻrsatishni boshlaydi. Bu vaziyatdagi asosiy aybdor boladan ortiqcha narsa talab qiladigan ota-onalarning oʻzi boʻladi. Bunday sharoitda ota-onalar oʻzlariga savol berishlari kerak: “Nega mening bolam maqtov yoki dalda olishi uchun yolgʻon gapirishni boshladi?” Har bir bolaning ulgʻayish jarayonida ota-onaning cheksiz mehr-muhabbati bolaning ruhiyati va shaxsiyatining shakllanishida asosiy rolni oʻynaydi.

Norozilik

Bolalar yolgʻon gapirish kattalarning gʻazabiga sabab boʻlishini tushunishadi. Baʼzida ular salbiy munosabatlarini koʻrsatish va shu bilan oʻz noroziliklarini bildirish maqsadida ataylab yolgʻon gapirishadi.

Haddan tashqari qattiqqoʻllik

Taqiqlar ham bolaning yolgʻon gapirishiga sabab boʻluvchi omillardan biri sanaladi. Ota-onalar oʻz farzandlarini koʻp sabablarga koʻra “yoʻq” soʻzi bilan cheklab qoʻyishlari mumkin. Bu vaziyatda oʻz maqsadiga erishish uchun ortga chekinmaydigan bola aldashga majbur boʻladi. Agar kattalar doimiy ravishda “mumkin emas” deya takrorlashsa, bola taqiqlarga dosh berishga qiynalib, hiyla-nayrangga oʻtadi. Shunday qilib, yolgʻon gapirish ular orzu qilgan maqsadga erishish vositasiga aylanadi.

Yaxshilik yoʻlida aytilgan yolgʻon

Sizga biror narsa yoqmasa ham sherigingizni xafa qilmaslik uchun bolaning oldida yolgʻon gapirishingiz yoki uyda boʻlsangiz ham telefonda uyda emasligingizni aytishingiz bolada yolgʻon gapirishga moyillikni uygʻotadi.

Bolaning yolgʻon gapirishiga qarshi kurashish uchun tavsiyalar

• Toʻgʻrisoʻzlikni ragʻbatlantiring. “Tushunaman, tan olish sen uchun qiyin edi, lekin sen rostini aytding. Rahmat, bu eng toʻgʻri yoʻl edi. Endi nima uchun bu holat yuzaga kelganini birgalikda aniqlaymiz.” Bola har qanday vaziyatda ota-ona uning yonida ekanligi, rostgoʻylikning qadrlanishi va yaqinlarga haqiqatni aytish tabiiy holat ekanligini tushunishi lozim.

• Bolani yolgʻon gapirishda ayblashga urinmang. “Menimcha, sen nimanidir yashiryapsan. Agar shunday boʻlsa, har doim qoʻllab-quvvatlashimni bilishingni istayman. Men senga bosim oʻtkazmoqchi emasman, qachon tayyor boʻlsang shunda aytishing mumkin”. Bola ham xuddi kattalar kabi shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Agar u oʻzini xavfsiz his qilsa, barchasini tan oladi.

• Ishonchli munosabatlar oʻrnating. “Men senga ishonganim va fikringni qadrlaganim uchun bu haqida gapiryapman. Menga yordam berayotganingdan xursandman”.

• Nazoratni kuchaytirib yubormang. “Sen uy vazifalaringni bajarganingni aytding va men senga ishondim. Lekin bir marta, xuddi shunday vaziyatda meni aldading. Mening oʻrnimda qanday yoʻl tutgan boʻlarding?” Farzandlaringizga va ularning muammolariga eʼtiborli boʻling, hayoti bilan qiziqing, shunda ular oʻzlarini muhim va kerakli odamdek his qiladilar.

• Bolani odamlar orasida masʼuliyatsiz va nosamimiy insonlar mavjudligiga tayyorlang. U bilan insoniy nosamimiylik sabablarini muhokama qiling, bunday odamlardan ehtiyot boʻlishni oʻrgating. Kelajakda sizning darslaringiz unga firibgarlar qurboni boʻlmaslikka yordam beradi.

Guvohi boʻlganingizdek, bolaning yolgʻon gapirishiga bir qancha sabablar bor. Koʻp hollarda uning yolgʻonchiligi ota-ona va bolaning aloqa tizimiga boʻlgan ishonchni buzish natijasi ekanligini tushunish muhimdir. Ushbu muloqot tizimida yolgʻon gapirish uchun javobgarlik ota-onalarga tegishli. Bir qarashda bezarar koʻringan, ota-onaga nisbatan ishonchsizlikka asoslangan yolgʻon oʻsmirlik davrida, bola oʻz muammolarini oʻzi hal qila boshlaganida salbiy oqibatlarga olib kelishi, tajribasiz farzand koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin. Farzandingiz barkamol va kuchli shaxs sifatida shakllanishi uchun oila – tayanch ekanligini bilishi muhimdir.


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT Plus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini boşladi.
12:36 / 06.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Şveysariyaning “Lugano” klubi UEFA Konferensiyalar ligasining 5-noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvida Litvaning “Kauno Žalgiris…
14:24 / 06.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbo…
16:14 / 05.11.2026
Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026
Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!