27-avgust kuni Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining yengil vaznli erkaklar o‘rtasidagi juftliklar (LM2x) bahsida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik sportchilar finalda 6:21,93 natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Germaniya vakillari kumush, AQSH sportchilari esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Mazkur natija O‘zbekiston akademik eshkak eshish tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 2026-yilgi akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati 24–30 avgust kunlari Amsterdam shahridagi Bosbaan kanalida o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!