Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlat rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Prezident o‘z nutqida mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va erishilgan natijalarga to‘xtaldi.
“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bu o‘zgarishlarning asosiy bunyodkori va haqiqiy muallifi mehnatkash hamda olijanob xalq ekanini ta’kidladi.
U mustaqillikning qadr-qimmati, avvalo, qishloqlarda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson salomatligi va hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek, Prezident ilm-fan rivojiga yangi g‘oya va kashfiyotlar bilan hissa qo‘shayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!