Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli bo‘lgan tijoriy binolar buzib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari avval ham qarindoshlarining biznes faoliyatini cheklagan, ayrimlarini esa egallab turgan lavozimlaridan chetlatgan. Jumladan, barlardan birida mast holda janjal chiqargan amakivachchasi hamda korrupsiyaga aloqador qarindoshi lavozimidan ozod etilgan.
Bu holatda esa prezidentning ammasi mazkur binolarning ijarachisini himoya qilgani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, binolarning asosiy ijarachisi avvalroq narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyat uchun qo‘lga olingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!