“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ (UzNIF) tarixda ilk bor o‘z aksiyalarini London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqardi.
IPO orqali mamlakat iqtisodiyotiga qariyb 604 million AQSH dollari jalb qilindi. Jamg‘armaning umumiy bozor qiymati esa 1,95 milliard dollarga baholanmoqda.
Endilikda oddiy fuqarolardan tortib yirik xalqaro investitsiya fondlarigacha O‘zbekiston davlat aktivlariga sarmoya kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahalliy investorlar uchun aksiya narxi 4,65 dollar etib belgilandi, jismoniy shaxslarga esa qo‘shimcha 5 foizlik chegirma taqdim etildi.
“BlackRock”, “Franklin Resources” va “Redwheel” kabi dunyoning yirik investitsiya fondlari loyihaga investor sifatida qo‘shilgani O‘zbekistonga xalqaro ishonch ortayotganini ko‘rsatmoqda.
Bu nafaqat aksiyalar savdosi, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi, shaffofligi va jahon moliya bozorlariga faol kirib borayotganining muhim ko‘rsatkichidir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!