O‘zbekiston sog‘liqni saqlash reytingida top-50 talikka kirdi
O‘zbekiston Numbeo’ning Health Care Index reytingida 101 ta davlat orasida 49-o‘rinni egalladi. Mamlakat 64,4 ball bilan Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni qayd etdi.
Shaharlar kesimida esa Toshkent 65,7 ball bilan Markaziy Osiyoda Ostona shahridan keyin ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Reytingda O‘zbekiston tibbiyot muassasalarining aholiga yaqinligi, shifokorlarning bemorlarga munosabati hamda tibbiy xizmatlar narxining qulayligi bo‘yicha yuqori baholandi.
Biroq zamonaviy diagnostika uskunalari bilan ta’minlanganlik va shifokor qabulini kutish muddati eng past baholangan yo‘nalishlar bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!