Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, kontrakt tölovi va davlat xizmatlari uçun çegirmalar taqdim etiş rejalaştirilmoqda. Bir yil davomida 208 nafar fuqaroga uşbu maqom berilişi közda tutilgan. Tegişli qaror loyihasi 20-noyabrgaça jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Mazkur taşabbus Prezidentning 16-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2026-yilga möljallangan islohotlar dasturidagi “Jamiyatdagi faollikni rağbatlantiriş” loyihasi doirasida amalga oşiriladi. Fuqarolar ekologik loyihalarda qatnaşiş, yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga yordam beriş, nizoli oilalarni yaraştirişda jamoatçi mediator sifatida iştirok etiş, haşarlar hamda yoşlarni bepul öqitiş kabi mezonlar asosida baholanadi.
Baholaş “bir soat — bir ball” tamoyili asosida amalga oşiriladi. Har bir yönaliş böyiça eng yuqori ball 20 etib belgilangan. Jamoatçi mediator sifatida iştirok etişda nizoli tomonlarning roziligi va maxfiylik ta’minlanişi talab etiladi.
Loyihaga köra, maqomga ega fuqarolarga davlat xizmatlari uçun belgilangan yiğim va tölovlardan 10 foiz çegirma (davlat boji bundan mustasno), davlat oliy ta’lim muassasalaridagi kontrakt tölovining 5 foizini qoplaş hamda avtokredit boşlanğiç badalining 3 foizini qoplab beriş nazarda tutilgan. Avtokredit böyiça kompensatsiya bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan oşmaydi.
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomi bir yil davomida amal qiladi. Uşbu maqomga ega bölganlar “Faol fuqaro” nişoni bilan taqdirlanadi, ularning yaşaş xonadoniga esa maxsus belgi örnatiladi.
Maqom oliş uçun fuqarolar har oyning 15-sanasiga qadar Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilişi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborişi mumkin. Arizaga ijtimoiy faollikni tasdiqlovçi foto, video, maqola va boşqa materiallar ilova qilinadi. Davlat xizmati bepul körsatiladi.
Hozirda mazkur tartibni belgilovçi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasida bölib, undagi imtiyozlar hali loyiha bosqiçida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!