O‘zbekistonda 5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi.
2026-2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi qo‘shimcha 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi joriy etiladi. Natijada ushbu tizim qamrab olgan maktablar soni respublika bo‘yicha 5 mingdan oshadi.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniq mezonlar asosida xolis baholash, ta’lim natijalarini muntazam tahlil qilib borish hamda yangi baholash tizimi qamrovini kengaytirish maqsadida tizimga qo‘shiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2026-2027 o‘quv yilidan yana 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi mezonlarga asoslangan baholash tizimiga o‘tadi.
Yangi tizimda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida 100 ballik shkala bo‘yicha baholanadi.
Mazkur baholash tizimi O‘zbekiston maktablarida ilk bor 2023-yilda joriy etilgan bo‘lib, dastlab respublikadagi 500 ta maktabni qamrab olgan.
Keyingi yillarda tizim bosqichma-bosqich kengaytirildi. Yangi o‘quv yilida yana 1 568 ta maktabning qo‘shilishi natijasida mezonlarga asoslangan baholash tizimi respublika bo‘yicha 5 mingdan ortiq maktabda amal qiladi.
Yangi baholash tizimiga o‘tadigan maktablarning to‘liq ro‘yxati ham e’lon qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!