Sietlda 1-sentabr «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qilindi.
AQShning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni rasman «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qildi. Tegishli proklamatsiya mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan.
Hujjatda O‘zbekiston so‘nggi 35 yil davomida suverenitetni mustahkamlash, taraqqiyot va keng ko‘lamli transformatsiya yo‘lini bosib o‘tgani qayd etilgan.
Shuningdek, Sietlda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlangan. Proklamatsiyada O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida savdo, investitsiya, logistika, texnologiyalar va energetika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligiga e’tibor qaratilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi 4-sentyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!