AQSH Prezidenti Donald Tramp Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni AQSH hududiga tarqalayotgani uchun Ottavani tanqid qildi va Kanada tovarlariga qo‘shimcha tariflar joriy etish masalasini ko‘rib chiqayotganini bildirdi. Tramp Truth Social tarmog‘ida Kanada o‘rmonlarni yetarli darajada boshqarmayotganini aytib, bu holat AQSHga ekologik va iqtisodiy zarar yetkazayotganini ta’kidladi. U Kanada Bosh vaziri Mark Karni bilan bog‘lanib, muammoni hal etish choralarini muhokama qilishini ma’lum qildi.
Kanadaning Favqulodda vaziyatlar va jamoalar barqarorligi vaziri Eleanor Olshevski esa mamlakat 2020-yildan buyon o‘rmonlarni muhofaza qilish va yong‘inlarning oldini olishga 12 milliard Kanada dollari yo‘naltirganini bildirib, AQSH bilan bu borada ko‘p yillik hamkorlik mavjudligini qayd etdi. Joriy yilda Kanadadagi yirik yong‘inlar asosan Ontario viloyatining shimoli-g‘arbiy qismida kuzatilmoqda. Hozirgacha qariyb 650 ming akr hudud yonib ketgan va minglab odamlar evakuatsiya qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!