$
11839.59 UZS
6.22
140.42 UZS
0.63
13569.35 UZS
-8.26
31° Kechasi 18°

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

10:26 / 20.07.2026

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir necha soniya o‘tib, Eronni bombardimon qilishni buyurdi. Yangi buyruq haqida AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi.

Eronga qarshi yangi — to‘qqizinchi zarbalar to‘lqini Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlandi. Mamlakatning bir nechta shahrida — Tabriz, Chobahor, Konarak va Bandar-Imom Xomayniyda portlashlar eshitildi. Aynan qaysi obyektlar o‘qqa tutilgani hozircha ma’lum emas. Eronning ushbu to‘rt shahri turli ixtisoslikka ega strategik, iqtisodiy va tarixiy markazlar hisoblanadi.

“Bu zarbalar Eronning Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan tijorat kemalari va fuqarolik dengizchilariga hujum qilish uchun foydalanadigan harbiy salohiyatini zaiflashtirishda davom etadi”, deyiladi CENTCOM xabarida.

Hujum fonida Brent markali neft narxi bir barrel uchun 90 dollardan oshib ketdi, bu iyun oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘z navbatida, AQSHning Bahrayndagi elchixonasi barcha Amerika fuqarolariga ehtiyotkor bo‘lish va mahalliy hokimiyat tavsiyalariga amal qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

CENTCOM, shuningdek, Iordaniyadagi hujum oqibatida shu vaqtgacha bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan uchinchi amerikalik harbiy xizmatchining jasadi topilganini ma’lum qildi. Uning shaxsi hali aniqlanmagan. Eron AQSH hujumlariga javoban 17-iyul kuni Iordaniyaga zarba bergandi. O‘shanda ikki nafar harbiy halok bo‘lgan, biri esa bedarak yo‘qolgandi.

“Bu kecha ularga yana juda qattiq zarba berdik. Biz buni uch nafar buyuk vatanparvar sharafiga qildik”, dedi Tramp Jahon chempionati finalidan so‘ng Vashingtonga qaytar ekan.

Urush boshlanganidan buyon halok bo‘lgan amerikalik harbiylar soni 16 nafarga yetdi, 420 dan ortig‘i esa jarohatlandi.

Eron raketalari nishonlarga zarba berishda AQSHning havo hujumidan mudofaa tizimlarini chetlab o‘tmoqda. Xususan, Tehron hujum paytida yuqori tezlikda uchadigan va yerga yaqinlashganda manyovr qilish xususiyatiga ega raketalardan foydalanmoqda.

Eron armiyasi 19-iyul kuni ertalab Kuvaytdagi Amerika harbiy aktivlari va texnikalariga dronlar bilan zarba berdi. Hujum oqibatida “Al-Adiri” lageri va “Ali As-Salem” aviabazasi nishonga olindi. Ushbu bazalar o‘tgan haftadan buyon Eronning Fors ko‘rfazidagi AQSH aktivlari hamda ittifoqchilariga qarshi hujumlari doirasida o‘qqa tutilmoqda.


Siyosat


														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

														
														Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

														
														Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026

														
														Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026

														
														Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026

														
														Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada o‘tgan NATOning 36-sammiti yakunida alyans yetakchilariga ularning ismi o…
12:31 / 09.07.2026

														
														Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 7-iyul kuni Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib E…
10:04 / 08.07.2026

														
														“Yo kelishamiz, yo ishni oxiriga yetkazamiz”. Tramp Eronga yana tahdid qildi

“Yo kelishamiz, yo ishni oxiriga yetkazamiz”. Tramp Eronga yana tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 6-iyul kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Eron bilan muzokaralar borasida keskin bayonot …
12:35 / 07.07.2026

														
														AQSh va Eronning Dohadagi muzokaralari yakunlandi

AQSh va Eronning Dohadagi muzokaralari yakunlandi

Qatar poytaxti Doha shahrida AQSH va Eron o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi bilvosita muzokaralar yakunlandi.
08:52 / 02.07.2026

Bu ham qiziq

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

Toshkentdagi “Amir Temur xiyoboni” metro bekati hududida tarqalayotgan noxush hidga shahar oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik…
10:32 / 16.09.2026
Saudiya Arabistoni Makka tomon uchirilgan dronni urib tushirdi

Saudiya Arabistoni Makka tomon uchirilgan dronni urib tushirdi

Saudiya Arabistoni Makka shahri tomon uchirilgan husiylarga tegishli dronni urib tushirdi. Bu haqda Reuters Saudiya boshchil…
10:36 / 16.09.2026
Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvchi aviakassa rahbari garchi “Umra” ziyoratiga yuborish huquqiga ega…
17:22 / 17.09.2026
Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas…
09:11 / 18.09.2026
OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari sanasi o‘zgartirildi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari sanasi o‘zgartirildi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlarini o‘tkazish sanasi o‘zgartirildi. Jogorku Kenesh reglamentiga kiritilgan tuzatishga k…
09:38 / 18.09.2026
“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joyla…
13:10 / 17.09.2026
Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjaho…
08:57 / 17.09.2026
Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026
Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganch shahrida fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda …
14:13 / 18.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!