58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘quvchilarning barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi.
O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi natijalarni qayd etdi:
Rayhona Tuymurodova — oltin medal;
Jasur Mustafoyev — kumush medal;
Azizmuhammad Hafizov — kumush medal;
Mirjalol Homidjonov — kumush medal.
Shu tariqa, O‘zbekiston IChO 2026da jami 4 ta medal — 1 ta oltin va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, 2024-yil 30-sentabrdagi Prezident qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalarda medal olgan o‘zbekistonlik ishtirokchilarga pul mukofotlari beriladi. Oltin medal uchun 1 milliard 30 million so‘m, kumush medal uchun esa 618 million so‘m mukofot belgilangan.
Shuningdek, g‘oliblarni tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘ona oshirilishi nazarda tutilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!