Toshkentda yana bir ko‘cha to‘rt kunga yopiladi
Toshkentning Sergeli tumanidagi Sugdiyona ko‘chasida o‘tkaziladigan MANGAL FEST 2026 tadbiri munosabati bilan 23–26-iyul kunlari avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, cheklov 2026-yil 23-iyul soat 00:00 dan 26-iyul soat 24:00 gacha amal qiladi.
Transport harakati Sugdiyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi bilan kesishmasidan Jaloyir ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida cheklanadi.
Haydovchilarga harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!