Yangi Qonun bilan O‘zbekistonda mahalliy boshqaruv tizimi tubdan o‘zgarmoqda. Eng asosiy yangilik — endi hokim va Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi. Bu shunchaki nom o‘zgarishi emas, balki vakolatlarning aniq taqsimlanishidir.
Kim nimaga javob beradi?
Xalq deputatlari Kengashi (vakillik organi): Endi asosiy “buyurtmachi” va “nazoratchi” — bu Kengash.
Hudud rivojlanish dasturini tasdiqlaydi;
Suv va oqova xizmatlari uchun tariflarni (narxlarni) tasdiqlaydi;
Ichki ishlar boshliqlarining (profilaktika va jamoat xavfsizligi bo‘yicha) hisobotini eshitadi.
Hokimlik (ijro organi): Hokimlar endi Kengash tasdiqlagan rejani bajaruvchi hisoblanadi.
Dasturlarni hayotga tatbiq etadi;
Maktab, bog‘cha, yo‘l va infratuzilmani quradi va ta’mirlaydi;
Investitsiya olib keladi va sharoit yaratadi.
Muhim o‘zgarish: Ilgari hokimlarda bo‘lgan 26 ta vakolat Kengashlarga olib berildi. Masalan, endi hokim profilaktika inspektorini lavozimga tasdiqlamaydi.
Bu nima beradi? Bu o‘zgarishlar joylarda “bir shaxs boshqaruvi”ga chek qo‘yib, o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimini yaratadi. Endi qarorlar xalq vakillari (deputatlar) tomonidan nazorat qilinadi, hokimlar esa faqat ijro uchun javob beradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!