Hukumat qaroriga muvofiq, 2026-yil 30-oktyabrdan Özbekiston avtomobil yöllarida mobil radarlar joylaşgan hudud haqida haydovçilarni maxsus yöl belgilari orqali ogohlantiriş talabi bekor qilindi. Mazkur talab endilikda faqat statsionar radarlarga nisbatan saqlanib qoladi.
Avval Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi qaroriga köra, tezlikni nazorat qiluvçi statsionar va mobil radarlar joylaşgan hududda, şuningdek, ulargaça 250–500 metr masofada «Radar» yöl belgisini örnatiş majburiy edi. Yangi tartib bilan uşbu talab mobil radarlar uçun bekor qilindi.
Şuningdek, yangi qaror bilan 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan örnatilgan maxsus foto va video qayd etiş vositalari orqali xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmaslik holatlarini qayd etişga ruxsat berildi.
Bundan taşqari, çorrahagaça 50 metr va qayrilib oliş joyigaça 20 metr masofada yöl çiziqlarini bosib ötgan haydovçilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilmaydi.
Şunday qilib, yangi tartibga köra, mobil radarlar haqida oldindan ogohlantiriş majburiyati bekor qilindi, statsionar radarlar uçun esa bu talab saqlab qolindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!