Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasiga bağişlangan yiğilişda hududlar kesimida xorijda işlayotgan fuqarolarning örtaça pul ötkazmalari örtasida katta tafovut borligini qayd etdi. Ayrim viloyatlarda bir migrantga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi 1 850 dollarga yetgan bölsa, boşqa hududlarda bu körsatkiç 400–700 dollar atrofida qolmoqda.
Keltirilgan ma’lumotlarga köra, Farğona viloyatida xorijda işlayotgan bir kişiga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi 1 850 dollarni taşkil etadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent viloyatida bu körsatkiç 400 dollarga, Sirdaryoda 500 dollarga, Jizzax va Navoiyda 600 dollarga, Surxondaryo va Xorazmda esa 700 dollarga ham yetmaydi.
Yiğilişda hokimlar, elçilar va texnikum rahbarlariga fuqarolarni yuqori daromadli işlarga tayyorlaş böyiça faoliyatini qayta körib çiqiş zarurligi körsatib ötildi.
«Aslida, inson qayerda işlaşi, qança maoş olişi, huquqini kim himoya qilişini bilib borişi kerak!» — dedi Prezident.
Davlat rahbari xorijiy mehnat bozorlariga çiqişda elçilar, hududiy hokimliklar va texnikumlar özaro hamkorlikda işlaşi lozimligini ta’kidladi. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda xorijiy hamkorlarni topiş, ularni texnikumlar bilan boğlaş hamda fuqarolarni işga joylaştiriş böyiça ijobiy tajribalar mavjudligi qayd etildi.
Şu bilan birga, boşqa mamlakatlardagi ayrim elçilarning mehnat migratsiyasi böyiça faoliyati sust ekani tanqid qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!