Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda. Unda jahon mehnat bozoridagi özgarişlar, xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni iş bilan ta’minlaş va özbekistonlik mutaxassislarning xalqaro mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
Davlat rahbari dunyoda bugungi kunda 168 million kişi xorijiy mehnat migratsiyasida ekanini ta’kidladi. Özbekistonda ham çet elda işlaş istagidagi fuqarolar borligi, boşqa davlatlarda esa işçi kuçiga talab yuqoriligi qayd etildi. Uşbu imkoniyatlarni özaro boğlaş soha mutasaddilari va hududlar rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri ekani bildirildi.
«Inson öz kasbini puxta egallasin, öz qadrini bilsin, öz yurtiga tayana olsin!» — dedi Prezident.
Yiğilişda sönggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasi yönalişida amalga oşirilgan işlar ham qayd etildi. Xususan, avval bu borada uçta davlat bilan hamkorlik qilingan bölsa, hozir ularning soni 27 taga yetgan. Hamkorlik qilinayotgan yirik xorijiy iş beruvçilar soni esa qariyb 400 taga köpaygan.
Ma’lum qilinişiça, sönggi ön yilda xorijda işlayotgan özbekistonliklar soni ikki baravar kamaygan, ularning oilalariga yuborayotgan pul mablağlari esa tört baravar oşgan. Prezident bu holatni xalqaro mehnat bozorida özbek mutaxassislariga munosabat özgarayotgani va fuqarolar xorijga oddiy işçi emas, balki malakali kadr sifatida borayotgani bilan izohladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!