$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Oʻzingiz va kelajakka boʻlgan ishonch hissini oshiruvchi 10 tavsiya

12:56 / 05.10.2022

Bizning e’tiqodimiz, umidlarimiz va iymonimiz hayotimizga kuchli ta’sir qiladi. O‘z-o‘zimizga, maqsadlarimizga, orzularimizga va kelajagimizga ishonchimizni yo‘qotganimizda hayotimizni zaharlay boshlaymiz. Nimaga ishonish va nimadan umid qilish mumkin? Hayotni qanday qilib yaxshiliklar sari burish mumkin?   

Kinorejissyor Kventin Tarantino shunday degan edi: “Yo‘l boshida bizga juda kam odam ishongan edi, to‘g‘ri emasmi?”. Agar odam o‘ziga o‘zi  ishonmasa, nima qilishi kerak? Qanday qilib murodiga yetishi va boshqalarni ham bunga ishontirishi mumkin? Ayrim odamlar o‘ylaganlaridan ham aqlliroq va kuchliroq bo‘lishadi. Shunchaki, o‘zlariga ishonishmaydi, xolos. Biz taslim bo‘lganimizda va kelajakka ishonmay qo‘yganimizda o‘z-o‘zimizga xoinlik qilgan bo‘lamiz. Biz taqdir zarbalariga qarshi kurashmasdan, bosh egamiz. Biroq taqdir ojizlarni yoqtirmaydi. Yana-da kuchliroq azoblaydi, qiynaydi, jazolaydi. Shunday ekan, nimaga ishonish va nimadan umid qilish mumkin?

1. O‘zingizga ishoning 

Odatda ko‘p to‘siqlarni o‘zimizga o‘zimiz qo‘yamiz. Hech qanchon o‘z imkoniyatlaringizni past baholamang. Astoydil intilsangiz, albatta, yetasiz. Agar o‘zingizga ishonsangizgina hayotdagi cheklovlar va to‘siqlar bartaraf etiladi. Siz o‘ylaganingizdan ham kuchliroq, zo‘rroqsiz.
  
2. Yaxshi odamlarga ishoning 

Yaxshi odamlarga qaraganda ablah, pastkashlar bilan ko‘proq to‘qnash kelib qolamiz. Biroq dunyoda yaxshi odamlar ulardan ko‘proq. Odamlar bilan ochiq muloqotga kirishishga, do‘stlar topishga va shaxsiy hayotingizni barpo etishga xalaqit beruvchi shubha, gumonlarga ko‘pam berilmang. Garchi, kuyib qolgan bo‘lsangiz ham, odamlardan qochmang. Odamlarga ishonchingizni oqlashga imkon bering. Yaxshi odamlarga ishoning va ularni izlab toping.

3. Yaxshiliklarga ishoning 

Nimaga ishonish va nimadan umid qilish mumkin? Yaxshiliklardan. Pessimistlar odatda optimistlarga qaraganda omadsiz bo‘lishadi. Buni biz emas, statistika aytyapti. Lekin bu optimistlar haqiqiy voqelikni ko‘rmasdan havoyi orzulari bilan osmonlarda uchib yurishlari mumkin, degani emas. Muhimi, yaxshiliklarga ishonish va voqelikni teran aql bilan baholay olishdir.

4. Qat’iyatga ishoning 

Ayrimlar omadli odamlarning ishlari o‘z-o‘zidan yurishib ketaveradi, deb o‘ylashadi. Ammo bu haqiqatga unchalik ham yaqin emas. Har bir g‘alaba ortida qat’iyat va ishonch yashirin bo‘ladi. Odam to‘siq va yutqazishlarga qaramasdan olg‘a intilsagina natijani g‘alaba bilan nishonlaydi. O‘sha o‘zimizning qadrdon qat’iyatimiz va g‘ayratimiz bilan tog‘larni bo‘ysundirishimiz mumkin.

5. Mehnatsevarlikka ishoning 

Nimanidir orzu qilishning yoki istashning o‘zi yetarli emas. Mashaqqatli mehnat farovonlik bilan hamqadam bo‘ladi. Biz omadni baxtli tasodif sifatida tasavvur qilamiz. Biroq omad – jiddiy o‘ylangan, tayyorgarlik ko‘rilgan va samarali mehnat mahsulidir. Nimanidir qo‘lga kiritish uchun intilmoq zarur. Odamda yakuniy natijani ko‘ramiz, buning uchun insonlar nimalar qilganini bilishni ham istamaymiz. Mehnatsevarlik – bu doimiy ish, mustaqil ravishda doimiy o‘qib-o‘rganish, qat’iy tartib-intizom. 

6. O‘zgarishlarga ishoning 

O‘zgarishlar haqida gapirganda, tan olish kerakki, ulardan qochib qutulib bo‘lmaydi. Dunyo juda tez o‘zgarib shakllanib boryapti. Kechagina g‘alati ko‘ringan narsa, bugun odatiy holatga aylanib qolgan.  O‘zgarishlar va tanaffuslar – hayotning tabiiy yo‘ldoshlari hisoblanadi. O‘zgarishlarga ishonish va ularga qarshi turmaslik kerak. Biroq siz bu o‘zgarishlarga moslashishingiz va uni o‘z maqsadlaringiz yo‘lida qo‘llashingiz mumkin. Eng moslashuvchan odamlargina g‘olib bo‘ladi.

7. Muammolar tugashiga ishoning 

Hayotda murakkabliklarga, muammolarga duch kelasiz. Yo‘lingizdagi to‘siqlar harakatingizga xalaqit beradi. Agar bir joyda qolib ketmasdan harakatda davom etsangiz, barcha noxushliklar ortda qoladi. Bir ajoyib odam aytgan ekan: “Hammasi o‘tib ketadi. Bu ham o‘tadi”.

8. O‘z qadringizga ishoning

Biz o‘zimizni juda kichkina odam, hech narsa bizga bog‘liq emas, deb bilamiz. Hamma ko‘ngilsizliklar uchun davlatni, davrni, korrupsiyani, inqirozni ayblashimiz mumkin. Biroq bu qay darajada oqilona fikr? Hayotingiz o‘z qarorlaringizga bog‘liq. O‘zingiz uchun va atrofdagilaringiz uchun aynan o‘zingiz mas’ulsiz. O‘z qadringizga yetishingiz, o‘zingizni shamol o‘ynatayotgan bargdek his qilmasligingiz zarur. Harakatlaringiz nafaqat sizni, balki atrofingizdagi olamni ham o‘zgartira oladi. O‘zingiz uchun o‘zingiz javob berasiz.

9. Umidlaringizga ishoning 

Umid – juda qiziq narsa. Hamma narsa tugagandek tuyulanida, umid bizni qo‘llab-quvvatlashni boshlaydi. Hatto eng qiyin davrlarda ham taslim bo‘lmaslikka, ruhan sinmaslikka undaydi. Agar depressiya yoki umidsizlikka tushsangiz, vaziyat og‘irlashadi. Hamma vaqt g‘alabaga ishoning. Umidga ishoning va eng qorong‘u kunlaringizda ham uni yo‘qotmang. Gʻalabalar shu tarzda keladi.
 
10. Orzu va maqsadlaringizga ishoning 

Nimaga ishonish kerak? Kelajakda-chi? Mashaqqatli mehnat muhim, biroq buning uchun motivatsiya zarur. Orzu va ishonchdan ham kuchliroq ruhlantiradigan motivatsiya bormikan? Oldingizga maqsad qo‘ying, rejalang va inja orzularingiz sari olg‘a yuring. Orzular umid beradi va kelajakni yaxshi tarafga o‘zgartirish uchun ichki quvvatimiz yetarli ekanligini eslatib turadi. Ishonsa bo‘ladigan ko‘p narsalar bor. Biroq vaziyat uncha yaxshi bo‘lmaganda nimaga ishonish kerak? O‘zingizga va yaqinlaringiz. Agar o‘zingizga va baxtli kelajagingizga ishonmas ekansiz, dunyo sizga sariq chaqa ham bermaydi. 


Yaxshi o‘zgarishlar davri kelishini istaysizmi? Unda, avvalo, o‘zingizga va yorqin kelajagingizga ishoning. Hamma buyuk narsalar ishonchdan boshlanadi.

 


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!