$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Prezident DSQning Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini borib ko‘rdi (foto)

20:27 / 16.03.2022

Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, inson aralashuvini kamaytirish maqsadida soliq organlari faoliyati izchil raqamlashtirilmoqda. Xususan, ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi farmoniga muvofiq, to‘liq yangilangan. Davlat byudjetidan ajratilgan 100 milliard so‘m evaziga binolar ta’mirlanib, uzluksiz elektr ta’minoti qurilmalari, presizion konditsionerlar, katta hajmli server va kompyuterlar bilan jihozlangan.

Natijada markaz quvvati 8 martaga oshdi, elektron xizmatlar ko‘lami kengaydi. Shaxsiy kartochkalarda saldo qatorlarini hisoblash kabi murakkab jarayonlar 10 barobar tezlashgan. Masalan, ilgari respublika bo‘yicha hisoblashga 24 soat ketgan bo‘lsa, endilikda bu jarayon 2-3 soatda amalga oshirilmoqda. Bu yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, kiberhujumdan himoya, biznes-analitika texnologiyalari joriy qilingan. Xususan, “e-ijara”, “e-imtiyoz”, “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari”, “Soliq tekshiruvlari”, “Avtomatlashtirilgan kameral nazorat tizimi”, “Soliq uzilishi koeffisiyenti” kabi yangi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilgan.

Bu markazni mamlakat soliq tizimining “miyasi” deyish mumkin. Bu yerga barcha soliq to‘lovchilarning ma’lumotlari integratsiya qilingan. 50 nafarga  yaqin malakali mutaxassis soliq aylanmasini onlayn rejimda kuzatib, masofadan tezkor xizmat ko‘rsatadi. 

Shuningek, davlat rahbari markazdagi ish jarayonini ko‘zdan kechirgan. Soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.


Bu ham qiziq

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026
Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkent şahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etilişi re…
10:33 / 27.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida 2026-yil 26-oktyabr kuni soat 23:00 atrofida yuz bergan tornado oqibatida beş n…
09:36 / 27.10.2026
AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026
Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadovning turmuş örtoği Gulnora Asadovani Tumanlararo perinatal markazi mu…
09:47 / 27.10.2026
“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!