$
11963.23 UZS
50.85
155.35 UZS
1.96
13970.66 UZS
97.5
31° Kechasi 18°

Qariyb 100 kg giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosining oldi olindi

10:32 / 25.03.2025

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sariosiyo tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Uzun tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 82 kg 478 gr “opiy” moddasini olib, mahalliy fermer xo‘jaliklaridan birining noturar binosiga yashirib qo‘ymoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan. Aniqlanishicha, u 2 ming AQSh dollari xizmat haqi evaziga, tojikistonlik narkosavdogarning ko‘rsatmasiga asosan ushbu giyohvandlik vositasini kelgusida belgilangan joyga yetkazib berishi kerak bo‘lgan.

DXX va IIV xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2001-yilda tug‘ilgan shaxs sintetik giyohvandlik vositalarini “zakladka” tarzida joylashtirayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, u o‘z qaynonasining yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilganligi aniqlanib, tintuv tergov harakatlari davomida ushbu manzildan 9 kg 450 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Bundan tashqari, mazkur fuqaro tomonidan mijozlarga sotish maqsadida xufiya joylarga qoldirilgan jami 595 gr “Mefedron” moddasi ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Boshqa holatda esa Rossiya Federatsiyasidan xalqaro pochta jo‘natmalari orqali boshqa tovar nomi ostida plastik idishda yuborilgan 7 kg 313 gr sintetik kannabinoid analogi bo‘lgan “5-Fluro-ADB” giyohvand moddasini qabul qilib olganlarida Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, 2001 va 2002-yillarda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 2 nafar shaxs DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, ular WhatsApp messenjeri orqali tanishgan noma’lum profil egasi topshirig‘iga ko‘ra, 500 AQSh dollari evaziga ushbu ajal og‘usini Toshkent shahridan Samarqand viloyatiga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkotik moddani Samarqand viloyatida qabul qilib olgan vaqtlarida Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 2001 va 2002-yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ham ushlangan.

Ulardan birining Samarqand shahridagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan yashirin laboratoriya tashkil qilinganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.
17:53 / 06.12.2025

														
														Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Markaz O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalardagi loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tu…
17:38 / 06.12.2025

														
														Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 8–11-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
17:14 / 06.12.2025

														
														Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchisi – 1995-yilda tug‘ilgan shaxs jami 5 mln 622 ming Rossi…
16:27 / 06.12.2025

														
														Buxoroda portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexidagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Buxoroda portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexidagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Baxtsiz hodisa munosabati bilan prezident topshirig‘iga ko‘ra, Hukumat komissiyasi tuzildi.
15:59 / 06.12.2025

														
														7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechqu…
14:45 / 06.12.2025

														
														Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar taqdimoti o‘tkazildi.
14:30 / 06.12.2025

														
														Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metropolitenida 16 ta bekatda kassalar yopilib, infokioskalar ishga tushiriladi.
14:13 / 06.12.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respubli…
13:05 / 06.12.2025

														
														Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 3 milliard 517 million so‘…
11:35 / 06.12.2025

Bu ham qiziq

250 kishilik ma’raka qilgan fuqaro jarimaga tortildi

250 kishilik ma’raka qilgan fuqaro jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi M.A. joriy yilning 17-noyabr kuni otasi A.T. vafot etganligi uchun ma’rak…
15:12 / 05.12.2025
Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.
17:53 / 06.12.2025
O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilmal…
15:22 / 05.12.2025
Kanada Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatidan olib tashladi

Kanada Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatidan olib tashladi

Bu haqda “Middle East Monitor” xabar berdi.
17:29 / 06.12.2025
Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
09:35 / 05.12.2025
Buxoroda portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexidagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Buxoroda portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexidagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Baxtsiz hodisa munosabati bilan prezident topshirig‘iga ko‘ra, Hukumat komissiyasi tuzildi.
15:59 / 06.12.2025
O‘zbekistonliklar konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kuni berilmaydi.
12:14 / 05.12.2025
6-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

6-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kech…
17:32 / 05.12.2025
Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar taqdimoti o‘tkazildi.
14:30 / 06.12.2025
Farg‘onada ikki korrupsion holat fosh etildi

Farg‘onada ikki korrupsion holat fosh etildi

Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi bosh inspektori  korrupsion xatti-harakatiga chek qo‘yildi.
09:25 / 06.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!