$
12014.48 UZS
-39.55
166.61 UZS
-0.44
13858.70 UZS
-73.35
31° Kechasi 18°

Qurbon hayiti kuni bajarilishi joiz bo‘lgan 13 amal

17:52 / 08.07.2022

Qurbon hayiti kuni hayit namozini o‘qib bo‘lish vaqtigacha ro‘za tutish joizmi?

O’zbekiston musulmonlar idorasi Qurbon hayiti kuni bajarilishi joiz bo‘lgan va bo‘lmagan amallar bilan tanishtirdi.

Quyida ushbu ammalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

– Arafa kuni kechasi, ya’ni, hayit kuniga o‘tar kechasini bedor o‘tkazish.

– Hayit kuniga o‘tar kechani Qur’on tilovati, zikr, tasbih va nafl namozlar bilan o‘tkazish ulkan savoblarga sabab bo‘ladi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: “Kim ikki iyd kechalarini Allohdan savob umidida qoim qilsa, qalblar o‘ladigan kunda uning qalbi o‘lmas”, deganlar (Ibn Moja, Tabaroniy rivoyati).

– Gʻusl qilish. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fitr, Azho va Arafa kunlari g‘usl qilar edilar” (Ibn Moja rivoyati).

– Eng yaxshi, yangi yoki toza kiyimlarni kiyish.

– Xushbo‘ylanish.

– Qurbon hayiti namoziga chiqishdan oldin hech narsa yemaslik. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayitida taomlanmasdan chiqmasdilar, qurbonlik kunida esa namoz o‘qigunlaricha taomlanmasdilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Eslatma! Ba’zilar qurbon hayitida hech narsa yemay namozga chiqishni noto‘g‘ri tushunib, kunning avvalgi yarmiga qadar ro‘zani niyat qilish kerak, deyishadi. Shu bilan birga, o‘sha kuni saharlikka turishadi va og‘izlarini niyat bilan berkitib namozga chiqishadi. Hayit namozi o‘qib bo‘lingach esa, xuddi iftorlikdagi kabi og‘izlarini ochishadi. Bunday qilish noto‘g‘ri. Hayit kunlarida ro‘zani niyat qilish harom amal sanaladi. Qolaversa, yarim kunga ro‘za niyat qilinmaydi.

– Masjidga imkon bo‘lsa piyoda va ertaroq borish. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda yurib chiqardilar” (Ibn Moja rivoyati).

– Yo‘lda tahlil (Laa ilaha illalloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytish. “Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu Allohu akbar, Allohu akbar va lillaahil hamd”.

– Hayit namozidan oldin boshqa biror nafl namoz o‘qimaslik. Masjidga borgandan so‘ng tahiyyatul masjid yoki boshqa biror nafl namoz o‘qimasdan zikr qilib o‘tirish lozim.

– Namozga bir ko‘chadan borib, boshqasidan qaytish. Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday qilar edilar.

– Hayit bilan muborakbod etish. Sahobalar: “Taqobbal Alloh minna va minkum (Alloh bizdan ham, sizdan ham qabul etsin)”, deb bir-birlarini bayram bilan tabriklashardi.

– Ahli ayol va yosh bolalarni xursand qilish. Oilada bayram kayfiyatini paydo qilish, sovg‘a-hadyalar ulashish kerak.

– Qavm-qarindosh, yosh ulug‘larni ziyorat qilish.

– Tanish-bilish, yoru do‘st, qo‘ni-qo‘shnilarni bayram bilan tabriklash.

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!


Bu ham qiziq

“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

Fransiyadagi mashhur Provans dalalarini ko‘rish uchun endi minglab kilometr yo‘l bosish shart emas.
12:42 / 11.06.2026
Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRIHavo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gac…
17:41 / 11.06.2026
O‘zbekistonda 17 mingta eski uy renovatsiya qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 17 mingta eski uy renovatsiya qilinishi mumkin

1991-yilgacha qurilgan 17 mingta turar joyni renovatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun renovatsiya jarayonlarini t…
17:15 / 11.06.2026
O‘zbekistonga kirayotgan yo‘lovchining sumkasidan bo‘g‘ma ilon topildi

O‘zbekistonga kirayotgan yo‘lovchining sumkasidan bo‘g‘ma ilon topildi

“Navoiy” chegara bojxona postida yo‘lovchilardan birining yuklari tekshirilganda sumkasi ichidan yo‘lbarssimon bo‘g‘ma ilon …
10:37 / 13.06.2026
Rasman! Joze Mourinyo “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Rasman! Joze Mourinyo “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo rasman “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati m…
08:28 / 12.06.2026
3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida oilaviy nodavlat bog‘cha xodimlarining e’tiborsizligi sababli 3 yoshli tarbiyalanu…
12:44 / 11.06.2026
Namangan tumanida 155,5 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi

Namangan tumanida 155,5 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi

Namangan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muomalaga kiritilishi rejalashtirilgan 155,5 million so‘mlik sifati kaf…
10:41 / 13.06.2026
Korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi: profilaktika inspektorlari ushlandi

Korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi: profilaktika inspektorlari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sama…
12:00 / 11.06.2026
TIV O‘zbekiston terma jamoasi tekshirilgani yuzasidan AQSHdan rasmiy izoh so‘radi

TIV O‘zbekiston terma jamoasi tekshirilgani yuzasidan AQSHdan rasmiy izoh so‘radi

AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘zbekistonl…
10:34 / 11.06.2026
Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan
17:45 / 10.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!