O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilari uchun xarid qilingan o‘quv qurollaridan ortib qolgan qismi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tayyorlov guruhlariga beriladi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, o‘quv qurollari prognoz ko‘rsatkichlari asosida 1-sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilar soniga mos ravishda xarid qilinadi. Tarqatishdan keyin ortib qolgan to‘plamlar esa keyingi o‘quv yili uchun davlat xaridlarini rejalashtirishda hisobga olinadi.
Shuningdek, keyingi o‘quv yiligacha yaroqlilik muddati tugaydigan o‘quv qurollari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining majburiy maktabga tayyorlov guruhlariga foydalanish uchun bepul ajratiladi.
Mazkur tartib o‘quv qurollaridan samarali foydalanish va ularning ortiqcha qolib ketishining oldini olishga qaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!