O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish testlarida eng yuqori natijani qayd etgan maktab bitiruvchilari soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda 4 825 nafar bitiruvchi 189 ballik maksimal natijani qayd etgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilda 619 nafar, 2024-yilda esa 101 nafarni tashkil qilgan.
Shu tariqa, maksimal ball olgan bitiruvchilar soni bir yil ichida qariyb 8 baravarga oshgan.
Bundan tashqari, test sinovlarida 56,7 balldan past natija ko‘rsatgan bitiruvchilar soni ham kamaygan. 2026-yilda bunday bitiruvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga yoki qariyb 13 ming nafarga qisqargan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil davomida davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan maktab bitiruvchilari soni 3,5 foizga oshgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!