DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida Toshkent shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan fuqaroning Sirdaryo tumanidagi vaqtinchalik yashash xonadoni tekshirilgan. Unda 1983-yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi hamda Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan, avval giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan yana bir shaxs borligi aniqlangan.
Surishtiruvlar natijasida uchala shaxs qo‘shni Tojikistondagi narkokuryerlar tomonidan Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hududidagi yashirin joyga qoldirilgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish va tarqatish orqali noqonuniy daromad olishni rejalashtirgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida yashirin joydan 13 kilogramm 653 gramm opiy moddasi topilib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!