2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi 76 ta veb-sayt aniqlandi. Ularning faoliyatiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan monitoringlar davomida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi internet resurslari o‘rganilgan.
Amaldagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunchilikka ko‘ra, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli bunday mazmundagi reklamalarni tarqatayotgan internet resurslariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Qimor va bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi saytlarni aniqlash hamda ularga kirishni cheklash bo‘yicha vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilmoqda.
Qo‘mita avval ham reklama qonunchiligi talablarini buzgan bukmekerlik va qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi internet resurslariga nisbatan choralar ko‘rgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!