$
11853.55 UZS
6.39
141.86 UZS
0.42
13869.84 UZS
26.43
31° Kechasi 18°

“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev

10:20 / 24.08.2026

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlarga yuqori baho berdi.

U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.

“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.

Ozarbayjon rahbari O‘zbekistonda sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham to‘xtaldi.

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.

Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalarini rivojlantirish uchun ham muhim zamin yaratgan.

“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.

Uning qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha mavjud bo‘lmagan.

Ayni paytda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli maqsad emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan natija sifatida baholadi.

“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.

Ozarbayjon rahbari, shuningdek, ikki mamlakat iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalarda yangi investitsiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalarni oshirish masalalari muhokama qilinganini aytdi.

Uning fikricha, bu kabi hamkorlik O‘zbekiston va Ozarbayjon iqtisodiyotining parallel ravishda rivojlanishi hamda ikki davlatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yuzaga kelmoqda.


O‘zbekiston


														
														“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev

“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi…
10:20 / 24.08.2026

														
														Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashib, yong‘in chiqdi

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashib, yong‘in chiqdi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida uchta avtomobil — Labo, Lacetti va Tracker ishtirokida yo‘l-transport hodisasi…
10:00 / 24.08.2026

														
														TikTok bolalar ma’lumotlarini yig‘gani uchun 400 mln dollar to‘laydi

TikTok bolalar ma’lumotlarini yig‘gani uchun 400 mln dollar to‘laydi

TikTok AQSH hukumatiga bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish talablarini buzgani haqidagi ishni yakunlash uchun 4…
09:54 / 24.08.2026

														
														O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari "Oxun Guzar" shourumiga tashrif buyurdilar

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari "Oxun Guzar" shourumiga tashrif buyurdilar

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari poytaxtimizdagi “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar.
09:19 / 24.08.2026

														
														Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Chiroqchi tumanida YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, patrul avtomobiliga urilgan Nexia 2 haydovchisi 15 sutk…
16:19 / 23.08.2026

														
														Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga saylovlar boshlandi

Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga saylovlar boshlandi

Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi ilk bir palatali Qurultoy saylovlariga start berildi.
15:06 / 23.08.2026

														
														“Open budget”da pul va’da qilayotganlardan ogoh bo‘ling

“Open budget”da pul va’da qilayotganlardan ogoh bo‘ling

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram-botlar orqali “Tashabbusli budjet” jarayonida ovoz berish evaziga p…
10:34 / 23.08.2026

														
														Toshkentda xalqaro investitsiyalarning yangi bosqichi muhokama qilinadi

Toshkentda xalqaro investitsiyalarning yangi bosqichi muhokama qilinadi

Ilk bor Toshkent shahrida Markaziy Osiyoga xalqaro investitsiyalarni jalb etishning keyingi bosqichiga bag‘ishlangan muhim p…
10:29 / 23.08.2026

														
														ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 24-avgustdan boshlab 31 ta davlatdagi foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatishni boshlaydi.
10:23 / 23.08.2026

														
														Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

FVV Qozog‘iston Respublikasining Qizilorda viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
18:00 / 22.08.2026

Bu ham qiziq

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026
Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Bugun, 22-avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sh. Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p…
11:40 / 22.08.2026
Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

FVV Qozog‘iston Respublikasining Qizilorda viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
18:00 / 22.08.2026
Mashhur bloger narkotik savdosida gumonlanib qo‘lga olind

Mashhur bloger narkotik savdosida gumonlanib qo‘lga olind

TikTok’da “Doctor Food” nomi bilan tanilgan, 8 milliondan ortiq obunachiga ega bloger Jorj Dib Livanda qo‘lga olindi. Bu haq…
11:10 / 24.08.2026
«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK propagandachisi Pavel Zarubinga bergan «intervyu»sida Kiyevning maqsadi – Rossiya iq…
15:22 / 23.08.2026
ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 24-avgustdan boshlab 31 ta davlatdagi foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatishni boshlaydi.
10:23 / 23.08.2026
TikTok bolalar ma’lumotlarini yig‘gani uchun 400 mln dollar to‘laydi

TikTok bolalar ma’lumotlarini yig‘gani uchun 400 mln dollar to‘laydi

TikTok AQSH hukumatiga bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish talablarini buzgani haqidagi ishni yakunlash uchun 4…
09:54 / 24.08.2026
Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan erkak jarimaga tortild

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan erkak jarimaga tortild

Toshkent hayvonot bog‘ida sher va jayralarga tosh otgan erkak 2 million 884 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda …
16:18 / 19.08.2026
FIFA Argentina terma jamoasi futbolchilarini jazoladi

FIFA Argentina terma jamoasi futbolchilarini jazoladi

FIFA Intizom qo‘mitasi 2026-yilgi Jahon chempionati finalidan so‘ng Argentina terma jamoasining uch nafar futbolchisiga nisb…
11:36 / 22.08.2026
Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil 22-avgust kuni Suriya janubiga zarba berib, buni “terrorchi”ni yo‘q qilish amaliyoti deb atadi. Damashq esa havo hudu…
15:49 / 23.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!