“Solar Orbiter” kosmik stansiyasi insoniyat tarixidagi eng kuchli chaqnash hodisasini qayd etdi. Stansiya ushbu tarixiy voqeani suratga muhrlagan. Yevropa kosmik agentligining maʼlum qilishicha, hodisa 15-fevral kuni sodir boʻlgan, Quyosh zarralari ochiq kosmosning millionlab kilometrlik hududlariga tarqalgan.
Xayriyatki, Quyoshning koronal massasi Yer tomonga yoʻnalmagan, aks holda Yer sayyorasidagi energetika tizimlarining faoliyatida buzilishlar koʻzga tashlangan boʻlar edi. Chaqnash Quyoshning Yerga teskari tomonida sodir boʻlgan, bu esa oʻz navbatida Quyosh massasining qarama-qarshi tomonga qarab tarqalishiga olib kelgan.
Chaqnash hodisasi aks etgan surat stansiyaga oʻrnatilgan FSI kameralari yordamida olingan. Ushbu kameralar ultrabinafsha diapazonida suratlar olish uchun moʻljallangan va “Solar Orbiter” bortiga oʻrnatilgan. FSI kameralari orbital stansiya Quyoshga oʻta yaqin kelgan holatda ham apparatga uning toʻliq diskini kuzatish imkonini beradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!