Putin noqonuniy migratsiyani tashkil qilganlik va ularni noqonuniy ro‘yxatga olganlik uchun jazoni kuchaytirdi. Bunday xizmatlar ko‘rsatilgan saytlar ham blokirovka qilinishi aytilmoqda. Bu haqda “Российская газета” xabar berdi.
Shuningdek, Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko “Biz hech kimga qarshi kurashayotganimiz yo‘q, o‘z yurtimizda ancha oldin yo‘lga qo‘yilishi kerak bo‘lgan ishlarni tartibga solyapmiz, ayniqsa, nafaqat bizga, balki davlatimizga ham katta zarar yetkazayotgan noqonuniy migratsiya borasida so‘z ketmoqda”, – deydi.
Qayd etilishicha, uyushgan guruh tarkibida noqonuniy migratsiyada vositachilik qilish o‘ta og‘ir jinoyat hisoblanib, qonunni buzganlar sakkiz yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek, uch milliondan besh million rublgacha jarima bilan jazolanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!