$
12011.65 UZS
48.49
₽
143.17 UZS
0.84
€
13462.66 UZS
72.3
31° Kechasi 18°

Rossiyalik olimlar muzliklarni o‘rganishning yangi usulini yaratdi

12:47 / 22.07.2022

Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGAiK) olimlari tadqiqot guruhi tarkibida dronlar yordamida muzliklar yuzasini o‘rganishning yangi usulini taklif qilishdi. Mualliflarning fikricha, ularning ish natijalari muzliklarning harakati (tebranishlari) va tabiati to‘g‘risida yangi ma’lumotlar beradi, bu esa, o‘z navbatida, sayyoradagi iqlim sharoitlarining o‘zgarish ko‘rsatkichidir. Tadqiqot natijalari Geodeziya va kartografiya jurnalida chop etilgan.

“Antarktida janubiy yarimshar va butun Yer iqlimini shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Sayyorada sodir bo‘layotgan global iqlim o‘zgarishlari qutb mintaqalaridagi muzliklarning harakati bilan baholanadi. Muzliklar kashf etilganidan beri o‘rganilib kelinmoqda va olimlar buning uchun doimiy ravishda aniqroq usullarni izlamoqdalar”, – dedi tadqiqot mualliflaridan biri, MIIGAiK fotogrammetriya kafedrasi dosenti Tatyana Skripisina.

Muzliklar yuzasidagi o‘zgarishlarni o‘rganish uchun olimlar tadqiqotning yangi usulini – psevdoparalakslarning o‘zgartirilgan usulini (ma’lum vaqt oralig‘ida olingan ikkita tasvirda harakatlanuvchi nuqtaning koordinata o‘qi bo‘ylab siljishi) taklif qilishdi. Taklif etilayotgan usul uchta koordinatali nuqtada umumiy siljish vektorini aniqlash imkonini beradi.

Skripisina modifikasiyalangan usul yer yuzasidan fototeodolit tomonidan olingan bir xil hududning ko‘p vaqtli tasvirlaridan muzliklar harakatining tezligi va yo‘nalishini o‘lchash uchun fotogrametrik psevdoparallaks usuliga asoslanganligini tushuntirdi. Ushbu usul XX asrning 70-yillarida Moskva davlat universiteti professori Yuriy Knijnikov tomonidan taklif qilingan va amaliyotga kiritilgan.

Dosentning so‘zlariga ko‘ra, muzliklar landshaftidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun tasvirlarni – suratlardagi bir xil elementlarni, masalan, yoriqlar parchalarini topish kerak. Ularni qidirish va o‘lchash uchun raqamli tasvirlarni avtomatik fotogrametrik ishlov berishning zamonaviy algoritmlaridan foydalanilgan.

Muzlik yuzasining fazoviy siljishlarini aniqlash uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan olingan fotosuratlar orqali namoyon bo‘lgan ortofoto tasvirlar va muzlik relyefining raqamli modellarida amalga oshirilgan. Ilgari bunday suratlar yer yuzasidan olingan va natijalar suratga olish sharoitlari va tadqiqotchining kasbiy mahorati, jumladan, stereoskopik model yordamida o‘lchash qobiliyati bilan aniqlangan, muzlikning borish qiyin bo‘lgan qismlari esa o‘rganilmaganligicha qolaverar edi.

Olingan natijalar 10 kun davomida muzliklarning siljishini taqsimlash xarakterini ko‘rsatishga imkon berdi. O‘rtacha siljish 0,07 dan 10,8 metrgacha bo‘lgan tarqalish bilan 6,28 metrni tashkil etdi. Shuningdek, muz massasining ko‘payish tabiati va muzlikning turli qismlaridagi harakat tezligi haqida yangi ma’lumotlarni olish ehtimoli ham oshgan.

“Iqlim omillari (harorat, yog‘ingarchilik, okeandagi toshqinlar, shamollar) muzliklarning harakatiga bevosita ta’sir qiladi. O‘zgaruvchan iqlim muzliklarning tebranishlariga qanday ta’sir qilishini tahlil qilish uchun biz kuzatishlarni davom ettirishimiz va ularni o‘tgan yillardagi ma’lumotlar bilan solishtirishimiz kerak. Shundan so‘ng 8-10 yildan so‘ng natijalarni solishtirish, xulosa va prognozlar chiqarish mumkin bo‘ladi. Xususan, bu turli stansiyalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun muhim ahamiyatga ega”, – deya ta’kidlaydi Skripisina.

Olimlar ushbu tadqiqot ma’lumotlarini Shimoliy yarimshardagi “Fridtyof” muzligi kuzatuvlari natijalari bilan solishtirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Arktika va Antarktidadagi muzliklar yaqinidagi muz massasining harakat tezligi va tarqalish tabiati bir-biriga mos keladi.

Mualliflar ta’kidlaganidek, ularning ish natijalari nafaqat glyasiologiya va iqlimshunoslikda, balki muzliklardagi favqulodda vaziyatlarni baholashda ham qo‘llanilishi mumkin.

Masalan, kuzatuvlar o‘tkazilgan hududda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalish mavjud bo‘lib, u bo‘ylab Rossiyaning ekspedisiya poyezdlari doimiy ravishda “Progress” stansiyasidan “Vostok” stansiyasidagi muzlik tomon harakatlanadi. Muzlik harakatining kuzatuvlari yo‘lda yoriqlar va chuqurliklar paydo bo‘lishini bashorat qilish imkonini beradi.

Kelajakda taklif qilingan usul vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadigan va dinamikasi kuzatilishi kerak bo‘lgan har qanday ob’yektlarni o‘rganish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Tadqiqotni Moskva davlat geodeziya va kartografiya universitetining fotogrammetriya kafedrasi Sankt-Peterburgdagi hamkasblar bilan birgalikda olib borgan. Olingan ma’lumotlar Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi va Xitoyning tabiiy fanlar milliy jamg‘armasi granti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyiha doirasida ishlatilgan.


Qiziqarli


														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

Bu ham qiziq

Zelenskiy iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi

Zelenskiy iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy iste’foga chiqishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u mamlakatdagi xa…
09:44 / 15.10.2026
Tramp yo‘lbars hujumida halok bo‘lgan yigit haqidagi videolarni tarqatdi

Tramp yo‘lbars hujumida halok bo‘lgan yigit haqidagi videolarni tarqatdi

Fojia 10-oktyabr kuni Donkaster shahri yaqinidagi “Yorkshire Wildlife Park” tabiat bog‘ida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, …
16:24 / 15.10.2026
Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Turkiyalik 21 yoshli model Dilxan Divrikli Tailandda o‘tkazilgan Mister Global 2026 xalqaro erkaklar go‘zallik tanlovida g‘o…
16:19 / 15.10.2026
O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda shaxsiy tomorqalardagi issiqxonalar uchun 2030-yilgacha yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish takl…
10:23 / 14.10.2026
O‘zbekiston va Turkiya “Baykar” tajribasi asosida texnologik hamkorlikni rivojlantirishi mumkin

O‘zbekiston va Turkiya “Baykar” tajribasi asosida texnologik hamkorlikni rivojlantirishi mumkin

O‘zbekiston vakili Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasiga tashrif buyurib, yuqori texnologiyalar, jumladan, mudofaa san…
15:31 / 15.10.2026
Toshkentda avtobus salonining iflosligi uchun mexaniklar jarimaga tortildi

Toshkentda avtobus salonining iflosligi uchun mexaniklar jarimaga tortildi

Toshkent shahrida 66-sonli avtobus salonining sanitariya holati talabga javob bermagani sababli uch nafar navbatchi mexanikn…
09:41 / 15.10.2026
Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда 2027 йил августидан бошлаб ўқитувчилар дарсни бузаётган ўқувчиларни зарурат туғилганда жисмоний куч ишлатиб синфдан …
10:14 / 14.10.2026
Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarda xorijiy tillarni, jumladan, sharq tillarini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida “Teach for …
09:19 / 16.10.2026
Toshkent viloyatida 15 kg narkotik musodara qilindi

Toshkent viloyatida 15 kg narkotik musodara qilindi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 15 kilogramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga …
09:49 / 16.10.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.
09:14 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!