$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Ruhiy salomatlik uchun foydali – esnash haqida qiziqarli faktlar

16:20 / 26.04.2023

Inson organizmi esnash jarayonida bir qancha garmonlarni ishlab chiqaradi, qon aylanishi faollashadi va qon bosimi me’yorlashadi. Xo‘sh, u miyamizga qanday ta’sir qiladi? Keling, quyida esnash bilan bog‘liq qiziqarli faktlar haqida gaplashamiz.

Esnash miyani sovutadi
Nyu-York shtati universiteti shifokorlari sababsiz esnash va qondagi kislorod darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi. Unga ko‘ra, bu miya haroratiga ta’sir qilib, sovutishga yordam beradi. Chunki inson tanasi esnaganda nafaqat katta hajmdagi havoni yutadi, balki bir vaqtning o‘zida bosh suyagi atrofidagi mushaklarni refleksli ravishda cho‘zadi. Bu bosh qismiga sovuq qon oqimi kirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, issiq ob-havoda ko‘proq esnaymiz.

Insonlar bir vaqtning o‘zida esnaydi va yig‘laydi
Esnaganimizdagi ko‘z yoshlanishi yuz mushaklari harakatining yon ta’siriga bog‘liq. Ya’ni, tanamizning jag‘ qismi cho‘zilganda lakrimal bezlar kuchayadi va ko‘zimiz namlanadi. Agar siz to‘satdan yig‘lashingiz kerak bo‘lsa, o‘zingizni esnashga majbur qilishingiz kifoya.

Esnaganda o‘pkangiz shikastlanishi mumkin
Esnash bir qarashda zararsiz tuyulishi mumkin. Ammo bunday oddiy harakat ham qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, xitoylik Vuxanda Ou ismli shaxs shu darajada qattiq esnaganidan o‘pkasida teshik paydo bo‘lgan. Bu “pnevmotoraks” deb ataladi. Keyinchalik og‘riq shu qadar kuchayib ketdiki, bechora nafas ololmay, uzoq davolanishiga to‘g‘ri kelgan. Ouni davolagan doktor Chen Baojunning aytishicha, pnevmotoraks 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uzun bo‘yli va ozg‘in odamlarda ko‘proq kuzatiladi.

Esnaganingizda miyangiz dofamin chiqaradi
Esnash odatda ruhiy salomatlik uchun foydali bo‘lishi mumkin. Nyu-York politexnika instituti davlat universiteti psixologi Endryu Gallupning fikricha, agar siz biror narsadan asabiylashsangiz yoki xavotirda bo‘lsangiz, o‘zingizni esnashga majbur qilishingiz kerak.
Gap shundaki, bu harakat paytida miya katta dozada dofamin, azot oksidi, serotonin va oksitotsinni ishlab chiqaradi. Ushbu moddalar stressni yengishga va dam olishga yordam beradi.

Esnash haqida o‘qish ham insonni esnatadi
Taxminan 70 foiz odamlar boshqa birovning esnayotganiga qarab, darhol buni qaytarishadi. Qiziqarlisi, agar siz ushbu harakatni fotosuratda ko‘rsangiz yoki eshitsangiz ham esnashingiz mumkin. Olimlarning fikricha, bu empatiya darajasi, ya’ni boshqa odamlarning holatini tushunish qobiliyati bilan bog‘liq. Agar siz boshqalardan keyin esnasangiz, sizda rahm-shafqat tuyg‘usi kuchli ekanidan darak beradi.
Pensilvaniyadagi Templ universiteti olimlari «esnash» so‘zi bo‘lgan matnlarni o‘qiganlarning yarmidan ko‘pi beixtiyor esnay boshlashini aniqlashdi. Bu refleks shunchalik yuqumliki, uni ongingizda tasavvur qilishning o‘zi kifoya.

Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq esnashadi
Italiyaning Piza universiteti sosiobiologlari boshqa insonlarning esnaganini kuzatgan ayollar erkaklarga qaraganda kamida 34,5 foiz tezroq bu jarayonni takrorlashini aniqlashdi. Bu ayollarning ko‘proq empatik bo‘lganligi bilan bog‘liq.

Kichkina bolalar va psixopatlar buni qilmaydi
Empatiya darajasi past bo‘lgan odamlar uchun esnash yuqumli emas. Masalan, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar hali bu tuyg‘uni rivojlantirmagani uchun bu harakat yuqumli emas. Shuningdek, bu empatiyadan mahrum bo‘lgan psixopatlarga ham tegishli.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!