O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan, polkovnik Abdurazzoqov Abdubosit Abdulhayovich Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Abdurazzoqov Abdubosit Abdulhayovich Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Samarqand viloyati IIBBga ham yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, general-mayor Aripov Tohir To‘lqinovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Mazkur tayinlovga qadar Tohir Aripov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Haydarov Ne’mat Ibrohimovich viloyat IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!