$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

Samarqandda qo‘lbola usulda spirtli ichimlik tayyorlaganlar qo‘lga olindi

16:28 / 30.10.2022

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan navbatdagi tadbir natijasida qo‘lbola aroq yasovchi tadbirkor faoliyatiga chek qo‘yildi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi B.Yu. o‘z xonadonida noqonuniy ravishda spirtni qayta ishlash syexi tashkil etib, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan spirtli ichimlik tayyorlash bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.

Tadbir davomida, uning xonadonidan ashyoviy dalil sifatida 2 turdagi 16 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan aroq, 540 dona aroq syellofan g‘iloflari, 525 dona aroq qopqoqlari, 3 dona shisha idishlarda 30 litr spirt hidli rangsiz suyuqlik, 40 dona konyak, 1850 litr har xil idishlarda saqlanayotgan vino, 42 dona har xil turdagi bo‘sh aroq shishalari va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘lbola uskuna hamda yordamchi idishlar tegishli tartibda prosessual hujjatlashtirilgan.

Shuningdek, viloyat Departament va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan navbatdagi tadbir jarayonida, Narpay tumanida yashovchi J.A. va S.S.larning yashash xonadonlarida qo‘lbola usulda tayyorlanib, sotishga mo‘ljallangan 0,5 litr hajmdagi 100 blok “Stolichnaya” (1500 dona) va 0,45 litr hajmdagi 150 blok “Parlament” nomli (3600 dona), jami 5100 dona aroq mahsulotlarini saqlab kelinayotganligi aniqlangan. Mahsulot va ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Ayni paytda ushbu shaxslarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Kelasi yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlaydigan onalarning bog‘cha badali budjet hisobidan…
14:37 / 30.09.2026
O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 105,4 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 105,4 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

2026-yil avgust oyida “Quyoshli xonadon” dasturidan foydalangan 61 548 nafar fuqaro quyosh panellari orqali ishlab chiqarib,…
09:34 / 30.09.2026
O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘zbekistonda pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy malaka oshirish kursida o‘qish talab…
14:17 / 30.09.2026
Pedofillarga umrbod jazo berilishi bo‘yicha qonunni senat ma’qulladi

Pedofillarga umrbod jazo berilishi bo‘yicha qonunni senat ma’qulladi

Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritab…
12:24 / 02.10.2026
“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
15:49 / 02.10.2026
Ko‘p ekran vaqti bolalar rivojidagi ayrim muammolar bilan bog‘liq ekani aniqlandi

Ko‘p ekran vaqti bolalar rivojidagi ayrim muammolar bilan bog‘liq ekani aniqlandi

Kalgari universiteti olimlari 64 ta mamlakatdan 2,8 milliondan ortiq bola haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, ekran qarshis…
09:23 / 30.09.2026
Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

“Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan CICA Media Forum doirasida Boku Kongress markazi…
17:28 / 02.10.2026
O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tashkilotlarida firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar joriy etilishi…
10:35 / 30.09.2026
Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026
Shavkat Mirziyoyev ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi

Birinchi jamoa 11 turning yettitasida g‘alaba qozonib, dunyoning kuchli shaxmat mamlakatlari vakillari bilan tengma-teng kur…
17:19 / 29.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!