$
11979.64 UZS
-41.58
167.52 UZS
-2.01
13901.17 UZS
-77.1
31° Kechasi 18°

Sariosiyodagi kanaldan jasadi topilgan 27 yoshli yigitning o‘limi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

10:24 / 26.10.2022

Surxondaryoda yashovchi fuqaro I.B.ning farzandi o‘limi bilan bog‘liq video murojaati yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy izoh berdi.

Oltinsoy tuman IIB navbatchilik qismining joriy yil 10-avgustdagi xabariga ko‘ra, soat 08:00 da tuman hududidan oqib o‘tuvchi “Hazarbog‘” kanali irmog‘idan Sariosiyo tumani Jannatmakon mahallasida yashagan (1995 y.t) A.I.ning jasadi topilgan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Oltinsoy tuman punktining 7-sentyabrdagi 22-sonli xulosasida ko‘rsatilgan ichki tekshiruv natijalarida marxumning ichki a’zolaridagi o‘zgarishlar nafas yetishmovchiligi natijasida vafot etgani haqidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa-da, ekspert xulosasining bayonot qismi bilan xulosa qismida nomutanosib holati kuzatilgani sababli marhumning jasadi sud ajrimi asosida eksgumasiya qilinib (murdani ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda uni dafn etilgan joyidan qazib olish), komission sud-tibbiyot ekspertizadan o‘tkazilgan.

“2022-yil 12-sentyabrdagi 426-sonli va 14-sentyabrdagi 84-qo‘shimcha komission sud-tibbiy ekspertiza xulosalarida, A.I.ning o‘limi yuqori nafas yo‘llari, burun va og‘iz bo‘shlig‘ining suyuqlik bilan (suv) berkilib qolishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya natijasida kelib chiqqani, badanida aniqlangan shilinmalar va jarohatlar xususiyati bo‘yicha uning o‘limidan so‘ng kanal bo‘ylab oqishi jarayonida notekis chegaralangan yuzaki jismlarga urilishi natijasida paydo bo‘lgani, uning badanida qarshilik ko‘rsatish, urish, tepish, janjallashish natijasida yuzaga kelgan tan jarohatlari aniqlanmagani ko‘rsatilgan. Birlamchi xulosada esa o‘lim sababi cho‘kishning nafas yo‘llarini burun, og‘iz bo‘shlig‘ining suyuqlik (suv) bilan berkilishi natijasidagi spastikdan (nafas boylamalarining berkilib qolishi) vujudga kelgan mexanik asfiksiya oqibatida kelib chiqqani holati inobatga olinmagani tufayli tafovut yuzaga kelgani qayd etilgan”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, A.I.ning o‘limi holati bo‘yicha dastlabki ekspertiza tekshiruvi yuzasidan xulosa berishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun sud-tibbiy ekspert O‘.Bo‘tayarovga “hayfsan” berilgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, marhumning o‘limida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli 17-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda “suyunchi puli”ni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekistonda “suyunchi puli”ni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

Endilikda birinchi farzandi nobud bo‘lgan oilalar ham keyingi tirik tug‘ilgan farzandi uchun “suyunchi puli” olish huquqiga …
14:03 / 22.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi

Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatla…
07:22 / 22.05.2026
Ukraina hujumi Rossiyadagi yirik neft zavodining yarim quvvatini ishdan chiqardi

Ukraina hujumi Rossiyadagi yirik neft zavodining yarim quvvatini ishdan chiqardi

Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri — “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” Ukraina dronlari hujumidan s…
14:14 / 22.05.2026
Pokistonda temiryo‘l yaqinida kuchli portlash yuz berdi

Pokistonda temiryo‘l yaqinida kuchli portlash yuz berdi

Pokistonning Balujiston viloyati Kvetta shahrida temiryo‘l liniyasi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Anadolu agentligi…
15:19 / 24.05.2026
Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi…
14:45 / 22.05.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimlari test orqali baholanadi

Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimlari test orqali baholanadi

O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika orqali baholash tizimi j…
14:46 / 21.05.2026
“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

Kecha Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.
16:30 / 23.05.2026
Endi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichdan unda mahalliy hokimliklar ham ishtirok etadi.

Endi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichdan unda mahalliy hokimliklar ham ishtirok etadi.

"Ushbu yo‘lda barchamiz birgalikda qat’iy harakat qilsak, bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etsak, ko‘zlagan baland marralarga…
12:29 / 22.05.2026
“Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

“Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

22-may kuni poytaxtda futbol bo‘yicha milliy terma jamoani Jahon chempionatiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tadi.
15:32 / 21.05.2026
Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Giyohvandlik jamiyat xavfsizligi va yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid soluvchi eng xavfli illatlardan biridir.
07:13 / 22.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!