Variantlar qatorida mashhurlar nomlari ham bor.
Garet Sautgeyt ketsa, Angliya terma jamoasini kim boshqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, Brendan Rojers, Maurisio Pochettino va Tomas Tuxel bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatidan joy olishadi. Shuningdek, hozirda Sautgeytning yordamchisi bo‘lgan Stiv Xolland ham bo‘lishi mumkin.
52 yoshli mutaxassisning shartnomasi Yevro-2024ga qadar mo‘ljallangan. Angliya terma jamoasi 2022-yilgi Jahon chempionatidan nimchorak finalda chiqib ketganidan so‘ng, Sautgeyt terma jamoa bosh murabbiyi sifatida qolish-qolmasligi haqida hali qaror qilmaganini aytdi.
Sautgeyt Angliya terma jamoasini 2016-yilning sentabrida boshqargan edi. 2018-yilgi Jahon chempionatida uning qo‘l ostida jamoa yarim finalga, Yevro-2020da esa finalga chiqdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!