Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Davlatimiz rahbari videoselektorda mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladi.
Shuningdek, ushbu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berilgan.
Bundan tashqari, birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalangan. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratilgan.
Natijada oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!