$
11861.96 UZS
23.04
₽
147.13 UZS
0.08
€
13278.28 UZS
29.34
31° Kechasi 18°

Shermatovdan qolgan “meros” – aholi mahalla maktabining “sotilishi”dan norozi

17:56 / 25.12.2021

Tahririyatga kelib tushgan navbatdagi murojaatlardan biri Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan 141-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xususida bo‘ldi.

Tumanning Oqilon mahallasida joylashgan mazkur maktab ayni paytda ikkiga bo‘lingan – davlat va xususiy. Aholining noroziligi ham aynan maktabning tadbirkorga uzoq yilga ijaraga berib yuborilganiga bo‘lmoqda.

Tahririyat qo‘lida turgan hujjatlarning ko‘rsatishicha, hammasi O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 10-avgust kuni Shayxontohur tumaniga tashrifidan so‘ng boshlangan.

Gap shundaki, davlat rahbari tumanga tashrifi doirasida hududdagi 136 va 141-maktablarni “quvvatidan kam foydalanilayotgani” uchun va ularning “resurslaridan unumli foydalanish maqsadida” pilot loyihasi tarzida sarmoyadorlarga uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha topshiriq beradi.

Shu tariqa 2018-yil 28-sentyabrda o‘sha vaqtdagi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning 237-sonli buyrug‘i imzolanadi va 29-sentyabrdan 141-maktabni davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarni jalb qilish bo‘yicha konkurs e’lon qilinadi.
Mazkur konkursda esa birgina tadbirkorlik subyekti – “Ostrov umnix idey” nodavlat ta’lim muassasasi (NTM) ishtirok etadi.
Xalq ta’limi vazirligi tanlov komissiyasining “tanlov haqidagi e’lon muddatidan ortiq turganiga qaramasdan (1 oy muddat), boshqa sarmoyadorlardan taklif kelib tushmagani” haqidagi vaji ishonchli bo‘lsa-da, ayrim faktlardan ko‘z yumib bo‘lmayapti. Ularning aksariyati kishida tanlovning adolatli o‘tganiga shubha uyg‘otadi. 

“Ostrov umnix idey” vazirlik tanloviga qadar ham 141-maktabga begona bo‘lmagan 

Gap shundaki, mazkur NTM 2017-yilning mayida maktab bilan o‘zaro shartnoma tuzib, 7 oy muddatga bo‘sh turgan 3-qavatni o‘quvchilar soni ko‘paygandan bo‘shatib berish sharti bilan ijaraga olgan. Ammo oradan 3 oy o‘tib, ya’ni avgust oyida 141-maktabning yangi direktori vvb. Maqsudova bilan 5 yillik ijara shartnomasi tuzishga va ushbu shartnomaga maktab binosining 2-qavatini ham kiritishga erishiladi. Yangi o‘quv yilidan esa o‘qituvchilarning noroziligiga qaramasdan ularni dars mashg‘ulotlari uchun tayyor sinf xonalardan ko‘chirib chiqarishgan. 

2018-yilning avgustiga kelib, “ssenariy” takrorlangan va bu safar yangi o‘quv yiliga tayyorlab qo‘yilgan birinchi qavatdagi 4ta boshlang‘ich sinf xonalari “ishg‘ol” qilingan. 

Mahalla faollaridan birining eslashicha, o‘sha voqeada bo‘sh turgan xonalar suratga olinib, “foydalanilmayotgan, bo‘sh turgan sinf xonalar” sifatida ko‘rsatilib, yolg‘on ma’lumot ham tarqatilgan.

Bundan tashqari, 2018-yilning qishida NTM direktori 141-maktab ustidan shikoyat yozgani haqida ham eslandi. Shikoyat mazmuni esa, farzandining ushbu maktabda ta’lim olayotgani, maktabda isitish tizimining yomonligi sabab farzandining zotiljam kasalligiga yo‘liqqani haqida bo‘lgan va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezident portaliga yozilgan. 

Aholining o‘sha vaqtdagi e’tirozlariga esa Shayxontohur tumani XTB, shunchaki, bu voqealardan bexabarliklarini aytgan, tamom.  
Tuman XTBning mazkur voqeaga reaksiyasini 2017-2019-yillarda 141-maktabga kelib ketgan direktor vazifasini bajaruvchilar yaxshiroq bilishar, ehtimol. Chunki ushbu ko‘rsatilgan yillar oralig‘ida maktabda 3 yoki 5 emas, 11 nafar direktor almashgan va ular har doim “v.v.b.” bo‘lishgan (Mazkur sanoq bo‘yicha hozirda norasmiy direktorlik qilib turgan “zavuch” opa 13-chisi bo‘ladi.)

Bu o‘rtada esa tumanga Prezident tashrifi bo‘lib o‘tgan va vazirlikda, katta ehtimol bilan, maktabni xususiylashtirish ishlari ustida bosh qotirilayotgan bo‘lgan...

Yagona ishtirokchisi bo‘lgan tanlovda kim g‘olib bo‘ldi?

Yuqorida ta’kidlanganidek, tanlovning yagona ishtirokchisi vazirlik tomonidan g‘olib deb topildi va bunga asosan, maktabni “Ostrov umnix idey” nodavlat ta’lim muassasasiga topshirish ishlari jadallashib ketdi.

Tanlov g‘olibi e’lon qilingan sanadan 1 yoki 1,5 oy o‘tib, 2019-yilning 22-avgustida uch tomonlama – Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Ostrov umnix idey” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida 1957-yilda xalq hashari bilan qurilgan, Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari Milliy ro‘yxatida bo‘lgan 141-maktabni 30 yil muddatga DXSh asosida sarmoyadorga ijaraga berish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Bitimga ko‘ra, NTMga:
–  2024-yilga qadar maktabga jami 5 mlrd 10 mln so‘m miqdorida investisiya kiritish;
–  Zamonaviy sport maydonchasini qurish; (hozirda zamonaviy sportmaydonchasi mavjud va bu Hukumatning 2020-yil 16-sentyabrdagi 420-F-sonli XDFU – xizmat doirasida foydalanish uchun shrifti ostida, ommaga e’lon qilinmagan farmoyishi asosida ajratilgan 4,86 mlrd so‘mlik maktabni ta’mirlash ishlari doirasida qurilgan (bu ta’mir ishlarida asosiy pudratchilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlab olingani va bu “tender savdolari yakuniga ko‘ra g‘oliblarni aniqlash jarayoni uzoq vaqt talab qilgan”i haqidagi vaj bilan oqlangani alohida masala));
–  Ichki suv havzasini qurish; (ayni paytda qurilmagan)
–  Umumiy maktab kontingentining 25 foizi miqdorida o‘quvchilarni tegishli mikrohududda yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini bepul o‘qitish vahk.

Shermatovdan qolgan “meros” yoxud mahalla aholisi nimadan norozi?

Prezident topshirig‘i yoki boshqa “kattakon” tashkilotlarning qarorlariga qarshi borishga kim ham jur’at qilardi?..
Ammo mahalla aholisi “adolatli o‘yin” xohlaydi. Ularning bormagan eshigi yozmagan joyi qolmagan hisobi. Qo‘llarida yig‘ilgan shikoyat va ularga kelgan javob xatlarining o‘zi bir sandiq.

–  O‘sha yillari ta’lim sifati achinarli ahvolga tushib ketgan paytlar edi. Bu yerda o‘zimizning aholimiz yetarlicha va maktab yoshidagi bolalar talaygina. Ta’lim sifati tushib ketgandan keyin ota-onalar bolalarini xususiy maktabga ola boshladi. Bu 2016-yilda boshlangan holat edi, lekin bundan bizni xabarimiz bo‘lmagan. Shu tariqa avval 3-qavatni va asta-sekin boshqa qavatlarni egallab olishdi. Bu esa 141-maktabni sindirib, uni maydonini pinhona egallab olish strategiyasiga o‘xshaydi. 2018-yilda esa “tepadan” maktabni tarqatish maqsadida 1-sinf ochilmasin degan og‘zaki buyruq ham berilgan.  Maktabni egallab olish avvaldan boshlangan. Shundan keyin maktab tenderga qo‘yilgan. Mahallaga kelib maslahat ham qilishmagan. 2019-yil 22-avgustda esa uch tomonlama Bitim imzolangan. Qarangki, shartnoma o‘quv yili boshlanishidan atigi bir hafta oldin, 22-avgustda tuzilyapti. Ular undan keyin bu shartnomani maktabga ko‘rsatishadi va o‘quv yili uchun tayyor ta’mirlab qo‘yilgan “A” korpusdagi sinfxonalarga kirib borishgan. Bizning bolalarimizni esa ta’mirlanmagan “B” korpusga olib o‘tishgan,. Shu tariqa jamoatchilikning bildirgan e’tirozlari sabab maktabning “B” korpusini saqlab turibmiz, – deydi “Oqlon” MFY faoli, 141-maktab kuzatuv kengashi a’zosi Muhammadiso Inog‘omov.

Muhammadiso Inog‘omovning ta’kidlashicha, ayni paytda mahallada 19 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila ro‘yxatga olingan. Ularning 3 nafar maktab yoshidagi farzandlari bor, lekin, birortasi yuqoridagi Bitimga ko‘ra xususiy maktabda o‘qishmaydi.
To‘g‘rirog‘i, ikki nafar bola oilasining o‘zi buni istamaydi: u yerdagi ijtimoiy tabaqalanishga toqati yo‘q. Bir nafar o‘quvchining onasi Dilobar Niyazova esa farzandini xususiy maktabga qo‘yganidan pushaymon.

–  Avvaliga yaxshi qabul qilishdi. Surishtirib turdim: o‘qituvchilari yaxshi o‘qiyotganini aytishardi. 2 oydan so‘ng pul so‘rashni boshladi. Oqibat shu bo‘ldiki, bir oydan so‘ng menga “bolang ikki oydan beri shkafni ichida o‘tiradi, unda psixologik buzilish bor”, deb maktabdan haydashdi. Bu gapni eshitish menga va bolamga qanchalik zarba bo‘lganini bilsangiz edi, – deydi u.

Aniqlanishicha, hozirda mahalladan ikki nafar o‘quvchi (mahalla raisining tavsiyanomasi asosida) mazkur maktabda imtiyozli asosda o‘qiyapti.

Mahalla raisi Muhabbat Yoqubovaning bildirishicha, bugungi kunda mahallada 700 nafardan ortiq maktab yoshidagi o‘quvchilar bo‘lib, 141-maktabning “davlat maktabi” qismida 444 nafar (o‘tgan o‘quv yilida 300 nafar bo‘lgan) o‘quvchi o‘qiydi. Mahallaning qolgan o‘quvchi bolalari esa yaqin hududdagi 186-maktab yoki shaharning boshqa hududlaridagi maktablarga qatnab o‘qiydilar.

–  Xususiy maktabda 286 nafar bola, asosan, boshqa tuman va mahallalardan kelib tahsil olishadi. Kimning puli bo‘lsa va sharoiti ko‘tarsa, xususiy pullik maktablarda o‘qitishyapti. Bu kelishmovchilik anchadan beri bor, – deydi mahalla raisi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy o‘quv yilidan boshlab “davlat maktabi” qismida rus tili sinflarining ochilishi o‘quvchilar sonining oshishiga olib kelgan. Mahalla faollari ham kelgusida 141-maktabning to‘liq tiklanishini va o‘z farzandlari uchun ta’lim sifatini oshirish yo‘lida harakat qilishlarini ta’kidlamoqdalar.

Shuningdek, ular xususiy tadbirkorning tayyor binoga kirib olgani va pulli maktabni joriy qilgani maktab o‘quvchilari o‘rtasida katta ijtimoiy tabaqalanishni keltirib chiqarayotganidan norozi. “Farzandlarimiz bir hovlida o‘qiyotgan tengdoshlarini misol qilib ko‘rsatib, nega biz bunday kiyinmaymiz, bunday narsalarni olib yemayapmiz, nega mashinalarda kelib-ketmaymiz, deb savol berishyapti. Ular, axir, bola-ku. Nima deb tushuntiramiz?” – deydi mahalla ahli.

141-maktab haqida Prezident tashrifidan oldin davlat rahbariga hisobot kirgizganlar masalaning bu tomonlarini hisobga olishmadimi? Tanlovni yutib chiqqan tadbirkorning g‘olib bo‘lishi avvaldan tuzilgan reja emasligiga bu xalqni kim ishontiradi? Gap millat kelajagi, uning ertangi bilimli va salohiyatli bo‘lib yetishib chiqishi kerak bo‘lgan avlod haqida ketyapti...
Ularning ko‘z o‘ngida o‘ynayotgan o‘yinlarimiz adolatli bo‘lishi kerak emasmi?..

Tahririyat

P/S: Xabador.uz ikkinchi tomonni ham eshitish maqsadida har ikkala maktab mutasaddilari bilan uchrashish niyatida 141-maktabga bordi. Ammo jamoaning bu urinishi besamar ketdi: tasvirga olish guruhi binoga kiritilmadi. Kamiga esa xususiy maktab tomoni tahririyatni ularning tinchligini buzganlikda ayblab, hududiy IIBga shikoyat kiritdi.

Tahririyat mazkur shikoyat arizasi bo‘yicha hududiy IIB vakili bilan rasmiy OAV sifatidagi huquq va majburiyatlari haqida suhbatlashib oldi va bu vaziyatda tahririyatning jurnalistik surishtiruv o‘tkazishiga qonunan hech qanday to‘siq bo‘lishi kerak emasligi tushuntirildi.


Bu ham qiziq

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina 2026-yil 27-oktyabr kuni Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida gumanitar oper…
09:57 / 27.10.2026
Prezident kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhimligini ta’kidladi

Prezident kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhimligini ta’kidladi

Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib eti…
17:33 / 26.10.2026
Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida qorovulning iş stavkasini 0,6 dan 1 stavkaga oşirib beriş evaziga 4,5 million söm olgan …
10:22 / 27.10.2026
“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” kinostudiyasining 10 gektarlik hududida kino xizmatlarini birlaştiruvçi “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etilad…
17:58 / 26.10.2026
Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026
Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadovning turmuş örtoği Gulnora Asadovani Tumanlararo perinatal markazi mu…
09:47 / 27.10.2026
Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida 2026-yil 26-oktyabr kuni soat 23:00 atrofida yuz bergan tornado oqibatida beş n…
09:36 / 27.10.2026
Özbekistonda bugun yoğingarçilik kutilmaydi

Özbekistonda bugun yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun, Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
16:41 / 26.10.2026
Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

26-oktyabr kuni Andijon şahridagi Bobur şoh köçasida Labo va Malibu-2 avtomobillari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir …
16:33 / 26.10.2026
Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Prezident kino sohasini boşqariş tizimini isloh qilişni ma’lum qildi. Unga köra, Kinematografiya agentligi tugatilib, kino s…
17:44 / 26.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!