O‘zbekistonda tibbiy xizmatlar narxlarining qay darajada asosli va adolatli shakllantirilayotgani yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.Qayd etilishicha, joriy yilning aprel oyidan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar tariflari tahlil qilinmoqda. O‘rganish davomida xizmatlar narxining shakllanish mexanizmi, xarajatlar tarkibi hamda amaldagi tariflarning iqtisodiy asoslari ko‘rib chiqiladi.
Tahlil natijalari asosida tibbiy xizmatlar tariflarini maqbullashtirish va aholiga yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi. Ushbu umumlashtirilgan takliflar keyinchalik vakolatli davlat organlariga taqdim etilishi rejalashtirilgan.Mazkur tashabbus sog‘liqni saqlash tizimida narxlarning shaffofligini ta’minlash, xizmatlar sifati va ularning aholiga maqbul bo‘lishi o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!