Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olingani aytilmoqda. Unda yozilishicha, Voitov ish faoliyati bilan bog‘liq holatlarda korrupsiyaviy jinoyat sodir etganlikda ayblanmoqda. Hozircha boshqa tafsilotlar ma’lum emas.
Qayd etish kerak, sobiq vazir Voitov ilk bor 2022-yil 22-avgust kuni Prezident farmoni bilan Jamshid Xo‘jayevning o‘rniga Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangandi. Joriy yilning 25-oktyabr kuni esa u lavozimidan olinib, o‘rnini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan Ibrohim Abdurahmonovga bo‘shatib bergan edi.
Voitov bungacha Investitsiya va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari, “O‘zsanoatqurilishbank” raisi lavozimlarida ham ishlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!