SpaceX raketasi bo‘lagi bugun Oyga urilishi kutilmoqda
2025-yil yanvar oyida Firefly Aerospace kompaniyasining Oy missiyasini uchirgan SpaceX Falcon 9 raketasining ikkinchi bosqichi bugun, 5-avgust kuni Oy yuzasiga urilishi kutilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, og‘irligi qariyb 4 tonna bo‘lgan raketa bo‘lagi Oyga soatiga taxminan 8 690 kilometr tezlikda kelib uriladi. To‘qnashuv natijasida Oy changi ko‘tarilishi mumkin, biroq hodisani Yerdan oddiy ko‘z bilan kuzatish deyarli imkonsiz.
Raketa bo‘lagi Oyning Yer tomondan yaxshi ko‘rinmaydigan g‘arbiy qismidagi Eynshteyn krateri hududiga qulashi kutilmoqda.
SpaceX ushbu to‘qnashuv rejalashtirilmaganini bildirgan. Odatda raketaning ikkinchi bosqichi vazifasini bajargach Yer atmosferasida yonib ketadi yoki okeanga yo‘naltiriladi. Biroq bu missiya Oyga yo‘naltirilgani sababli bosqich koinotda qolib ketgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hodisa katta xavf tug‘dirmaydi. Biroq u kosmik chiqindilarni boshqarish va ularni xavfsiz utilizatsiya qilish masalasiga yanada jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!