$
11820.40 UZS
-36.95
139.05 UZS
-0.27
13684.48 UZS
-61.75
31° Kechasi 18°

​O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI SHARIFA SALIMOVA

09:55 / 05.08.2026

​O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI SHARIFA SALIMOVA

   O‘zbek adabiyoti va madaniyati og‘ir judolikka uchradi. Zamonaviy she’riyatimizning taniqli namoyandalaridan biri, serqirra ijodkor, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova shu yil 5-avgust kuni 75 yoshida vafot etdi.

   Sharifa Salimova Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor, vafo va sadoqat, matonat va jasorat kabi ezgu fazilatlarni tarannum etib, jamiyatimiz hayotidagi dolzarb ma’naviy-ma’rifiy masalalarga, oila va yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan ko‘plab asarlari, ijtimoiy faoliyati bilan el-yurtimiz o‘rtasida munosib obro‘ topgan ijodkor edi.

   O‘zining 50 yildan ziyod hayotini o‘zbek madaniyati ravnaqiga bag‘ishlagan ustoz shoiramiz o‘tgan asrning 70-yillarida o‘ziga xos betakror ovozi, samimiy, nafis she’rlari bilan adabiyotga kirib keldi. Ayol qalbining go‘zalligi yorqin badiiy obrazlar, poetik tasvirlar orqali teran aks ettirilgan, o‘tkir ijtimoiy muammolar tahlil qilingan “Hayot zavqi”, “Mening bahorim” kabi dastlabki she’riy to‘plamlari adabiy jamoatchilik va kitobxonlar tomonidan ijobiy baholandi.  

Ijodkorning “Xizr bulog‘i, “Yetti oqqush”, “Giyohlar bilan tillashgan inson”, “Ayolga ehtirom”, “Tongga qasam”, “Diydor saodati”, “Olimlik va odamiylik”, “Vatan suvrati”, “Vafoning iffat yo‘li”, “Bedor tun tomchilari” kabi she’riy va publitsistik asarlari adabiyotimiz rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

   Ayni vaqtda shoira mashhur xonanda va sozandalar bilan hamkorlikda o‘nlab ta’sirchan qo‘shiqlar ham yaratdi. Ana shunday ijodiy hamkorlik natijasi bo‘lgan “Qaddingni tik tut, ayol!”, “Vatan”, “Ona nidosi”, “Davlatli sultonim mening”, “Dunyo”, “Onajon tilim”, “Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!” singari musiqiy taronalar san’atimiz xazinasi va muxlislar qalbidan chuqur joy oldi.

   Sharifa Salimovaning ijodiy merosida tarixiy mavzu alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston davridagi keng ko‘lamli islohotlar tufayli tariximizning ilgari yopiq bo‘lgan sahifalarini o‘rganish uchun keng imkoniyatlar ochilgani ijodkorni yana-da ilhomlantirdi.

   Bu matonatli inson keyingi yillarda og‘ir xastalikni boshidan kechirganiga qaramasdan, adabiy faoliyatini qizg‘in davom ettirdi. O‘tgan asrning 20-yillarida, tahlikali bir sharoitda olis Germaniyaga borib o‘qigan va mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan o‘zbek ayollari taqdiriga bag‘ishlab, 2024-yilda “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” deb nomlangan epik ko‘lamli she’riy roman yaratdi. O‘zbek adabiyotida ushbu mavzudagi birinchi yirik manzuma bo‘lgan bu asar nafaqat shoira ijodida, balki adabiyotimiz tadrijida vatanparvarlik yo‘nalishining yuksak namunasi sifatida e’tirof etildi.  

Ijodkor mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ham faol ishtirok etdi. U 1999–2009-yillarda Oliy Majlis deputati, Oila va ayollar muammolari komissiyasi raisi kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining tajribali va jonkuyar a’zosi sifatida yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodkorlarning yangi asarlarini targ‘ib etish, joylarda o‘tkaziladigan adabiy-ma’rifiy uchrashuvlarda, xususan, Zomin va Do‘rmon yoshlar seminarlari doirasidagi tadbirlarda doimo faollik ko‘rsatib keldi.  

Sharifa Salimovaning mamlakatimizda adabiyot va madaniyatni ravnaq toptirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston xalq shoiri”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan edi.  

Hassos shoira, taniqli jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin va samimiy inson Sharifa Salimovaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

 


Boshqalar


														
														O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq yirik qoidabuzarliklar aniqla…
15:09 / 17.08.2026

														
														Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

AQShprezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Pit Hegsetga Janubiy Koreya bilan o‘tkazilayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarn…
10:21 / 17.08.2026

														
														Belarusda 10-sinf o‘quvchilariga dron boshqarish va taktik tibbiyot o‘rgatiladi

Belarusda 10-sinf o‘quvchilariga dron boshqarish va taktik tibbiyot o‘rgatiladi

Belarusda 10-sinf o‘quvchilari uchun harbiy-amaliy tayyorgarlik dasturi kengaytirilmoqda.
14:33 / 14.08.2026

														
														Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Ruslanbek Davletov O‘zbekiston Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘y…
11:44 / 14.08.2026

														
														Gemini auditoriyasi 1 milliarddan oshdi: Google AI poygasida yangi marrani zabt etdi

Gemini auditoriyasi 1 milliarddan oshdi: Google AI poygasida yangi marrani zabt etdi

Google’ning sun’iy intellektga asoslangan Gemini servisi oylik faol foydalanuvchilari soni bo‘yicha 1 milliardlik chegaradan…
10:47 / 14.08.2026

														
														Ukraina Boshqirdistondagi Wildberries logistika majmuasiga zarba berdi

Ukraina Boshqirdistondagi Wildberries logistika majmuasiga zarba berdi

13-avgustga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasiga hujum qildi.
15:10 / 13.08.2026

														
														Professor Hakim Muratov vafot etdi

Professor Hakim Muratov vafot etdi

Professor Hakim Muratov vafot etdi
13:47 / 13.08.2026

														
														Messi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi

Messi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi otasi Xorxe Messi vafotidan so‘ng futbolchilik faoliyatini davom ettirishga qaror qil…
11:26 / 12.08.2026

														
														Dunyoda eng agressiv haydovchilar qaysi mamlakatlarda ekani ma’lum bo‘ldi

Dunyoda eng agressiv haydovchilar qaysi mamlakatlarda ekani ma’lum bo‘ldi

Italiya yo‘llarida agressiv haydovchilarga duch kelish ehtimoli eng yuqori ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Euronews nashrida e…
14:24 / 11.08.2026

														
														Toshkentda Telegram orqali narkosavdo qilgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda Telegram orqali narkosavdo qilgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Telegram orqali narko…
14:16 / 11.08.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlar faoliyati tartibga solinadi. Bu pre…
12:10 / 17.08.2026
Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

AQShprezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Pit Hegsetga Janubiy Koreya bilan o‘tkazilayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarn…
10:21 / 17.08.2026
Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisi bilan yuzaga kelgan mojaro vaqtida unga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent…
14:43 / 19.08.2026
Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi.
14:31 / 19.08.2026
“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, “Turon Eco Cement Group” MChJ ta’sischisi, tadbirkor Qodirjon Ahmedov:

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, “Turon Eco Cement Group” MChJ ta’sischisi, tadbirkor Qodirjon Ahmedov:

“Ushbu ordenni Prezidentimizning qo‘llaridan olish men uchun katta faxr va sharaf. Shu bilan birga, bu yuksak mukofot zimmas…
16:00 / 19.08.2026
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

“Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Evdokimov Tashqi ishlar vazirligi…
17:31 / 18.08.2026
YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

2026-yil 17-avgust kuni soat 01:10 larda Andijon shahri Mashrab ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan On…
09:36 / 18.08.2026
2030-yilgacha barcha talabalar uchun yotoqxona yetarli bo‘ladi

2030-yilgacha barcha talabalar uchun yotoqxona yetarli bo‘ladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov UzReport kanaliga bergan intervyusida 2030-yilgacha
10:04 / 17.08.2026
18-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

18-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

18-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI17-avgust soat 20:00 dan 18-avgust soat 20:00 gacha
17:34 / 17.08.2026
Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

AQShda mashhur ijodkorlarning yangi albomlari taqdim etilgan kunlarda o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisalari soni…
11:40 / 19.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!