Koʻproq suv ichish kerak, degan tavsiyalar bot-bot quloqqa chalinadi. Unga amal qilaman deb imkon qadar koʻproq suv ichishga harakat qilamiz. Ammo buni qarangki, suvni ham ichish tartibi bor ekan. Uni notoʻgʻri ichish salomatlik bilan bogʻliq muammolarga olib kelar ekan.
1. Uyqu oldidan suv ichish kerak emas
Yotishdan oldin koʻp suyuqlik ichish hojatxonaga koʻp yugurishingizga sabab boʻladi. Oqibatda uyqu sifati buziladi. Kechasi buyraklar kunduzgiga qaraganda sekinroq ishlaydi. Ertalablari yuz va oyoq-qoʻllar shishgan holatda uygʻonish bekorga emas...
2. Kuchli mashgʻulotlar vaqtida suv ichmagan maʼqul
Kuchli jismoniy yuklamalar vaqtida suv ichish mashqlardan keyin ahvolingiz yomonlashib qolishiga olib kelishi mumkin. Chunki bu vaqtda siz qattiq terlaysiz, qiziysiz. Shu holatda suv ichish tanadagi bor foydali moddalarning yuvilib ketishiga sababchi boʻlib qoladi. Qolaversa, ortiqcha suyuqlik yurakka tushuvchi bosimni oshiradi. Yuragida muammolari borlar uchun bu, ayniqsa, xavfli. Shunday ekan, suvni jismoniy mashqlardan keyin, dam olayotgan vaqtda ichishga harakat qiling.

3. Peshob rangsizlanganda suv ichish mumkin emas
Rangsiz peshob kun davomida koʻp suyuqlik ichib yuborganingizga ishora qiladi. Bu organizmdagi natriy mikroelementining yoʻqotilishiga sababchi boʻlib qolishi ham hech gap emas. Bunday tanqislik yurak xurujlarini qoʻzgʻashi mumkin.
4. Oʻtkir mahsulotni suv bilan birga ichish mumkin emas
Ayniqsa, qizil qalampirni... Achchiq mahsulotni suv bilan ichish tanada kapsaitsin deb ataluvchi moddaning ortishiga olib keladi. Kapsaitsin ogʻriq sezish hissini susaytirishi mumkin.
5. Ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin suv ichish mumkin emas
Tushlikni suv bilan birga yeyish hazm qilishni izdan chiqaradi. Ovqatlanish vaqtida insonda soʻlak va fermentlar ishlab chiqarilish jarayoni faollashadi. Aynan shu vaqtda suvni koʻp ichish soʻlak ishlab chiqarilish jarayonini susaytiradi.

6. Suvni toʻgʻri shlankadan ichish ham taqiqlanadi
Shlanka suv quvuriga biriktirilganda ham mumkin emas. Chunki siz shlanka ichidagi zararli moddalarni suv bilan birga qoʻshib ichib yuborishingiz mumkin.
7. Shirinlashtirilgan suv ichish ham tavsiya etilmaydi
Sunʼiy shirin suvlar ishtahani ochirish xususiyatiga ega. Ishtaha ochilgan vaqtda oʻzingiz bilmagan holatda koʻp ovqat yeb qoʻyishingiz mumkin.
8. Suvni ketma-ket, qisqa fursat ichida ichaverish
Tanadagi ortiqcha suyuqlik sabab tanangizdagi foydali natriy tuzlaridan ayrilib qolishingiz mumkin. Buyraklar faoliyati buzilib, uning qon tarkibini kerakli moddalar bilan toʻyintirish xususiyati izdan chiqadi.

9. Suvni meʼyordan ortiq ichish...
Meʼyordan ortiq ichilgan suyuqlik qon plazmasidagi natriy ionlari miqdorining tushib ketishiga olib keladi. Shifokorlarning aytishicha, bu holat salomatlik bilan jiddiy oʻzgarishlar (tutqanoq, fikrlash xususiyatining xiralashishi, bosh aylanishi, depressiya)ga sababchi boʻladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!