Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Bangkok – Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan ikki nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportida tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida ularning yuklari ichidan shisha va alyuminiy idishlarga yashirilgan 4,6 kilogramm “Mefedron” sintetik narkotik moddasi aniqlanib, tegishli tartibda olib qo‘yilgan.
Shuningdek, gumondorlarning Toshkent shahridagi yashash manzili ko‘zdan kechirilganda 1,5 litr gashish moyi hamda 8 litr erituvchi vositalar aniqlangan.
Tezkor tadbirlar davom ettirilib, xorijdan olib kelingan narkotik moddalarni Toshkent shahrida qabul qilib olgan 1997-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan shaxs ham qo‘lga olingan. Undan 635 gramm “Alfa-PVP” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi, ya’ni kontrabanda moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bunday jinoyatlarni sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!