13-avgustga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasiga hujum qildi. Hujum oqibatida Salavat shahridagi “Gazprom neftekhim Salavat” neftni qayta ishlash zavodi hamda Chishmi tumanidagi Wildberries logistika majmuasi joylashgan hududda yong‘in yuzaga kelgani xabar qilindi.
Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirovning ma’lum qilishicha, dronlardan birining qoldiqlari Salavat shahridagi sanoat zonasiga qulagan. Shundan so‘ng hududda yong‘in chiqqan.
Wildberries kompaniyasi ham Boshqirdistondagi ob’ektlaridan biri joylashgan sanoat hududida havo hujumi oqibatida yong‘in yuzaga kelganini tasdiqladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ob’ektda tovarlar saqlanmagan. Xavfsizlik choralariga muvofiq, xodimlar hujumdan avval evakuatsiya qilingan.
Hozircha hujumning aniq ko‘lami va ob’ektlarga yetkazilgan zarar miqdori haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Boshqirdiston rasmiylariga ko‘ra, hujum oqibatida ikki kishi jarohatlangan.
Rossiya tomoni hujum ortida Ukraina turganini bildirgan, biroq Kiyev rasmiylari hozircha mazkur voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!