“Taxtlar oʻyini” prikveli – “Ajdaho uyi” serialining rasmiy treyleri eʼlon qilindi. Tizer “HBO Max” platformasining YouTube-kanaliga joylashtirilgan.
Serialning 21-avgust sanasidan boshlanishi maʼlum. Uning birinchi mavsumi 10 ta qismdan iborat boʻladi. Serialdagi bosh rollarni Mett Smit, Emma DʼArsi va Oliviya Kuklar ijro etganlar.
Treylerda ajdaholar ham koʻrsatilgan. Ushbu davrda ular yoʻq boʻlib ketgan tur hisoblanmagan. Ajdaholarning qudrati Targariyenlarga 7 ta qirollikni bitta davlat sifatida birlashtirishga imkon bergan. Ajdaholardan biri saroyning yertoʻlasiga joylashtirilgan. Aynan mana shu holat muxlislarga Jon Snou, Deyeneris va Tirion ishtirokidagi qahramonlar ajdaho bilan til topishishga harakat qilgan sahnani eslatib yuborgan.
2021-yilning iyul oyida “HBO Max“ platformasi “Taxtlar oʻyini” seriali syujeti asosida eng kamida yana ikkita serial suratga olishni rejalashtirayotgani haqida maʼlum qilgandi. Ijodkorlarning aytishlaricha, seriallardan biridagi voqealar original serialda hech qachon koʻrsatilmagan hudud – Essos qitʼasida joylashgan Yi Ti Oltin imperiyasida boʻlib oʻtadi. Ushbu davlat nomi “Taxtlar oʻyini”da tilga olib oʻtiladi. Taqdimoti kutilayotgan “Ajdaho uyi” prikvelida esa lord Korlis Velarion Yi Tiga suzib ketgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!