$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

“Temir general” yoxud birinchi o‘zbek generali Sobir Rahimovning sinovga to‘la hayot yo‘li

16:47 / 04.05.2022

Ikkinchi jahon urushida oʻzbek xalqi Sovet Ittifoqining gʻalabasiga beqiyos hissa qoʻshdi. Urushning eng qaynoq nuqtalarida oʻzbek askarlari oʻzlarining botir, mard, yovdan qoʻrqmaslik xislatlarini namoyon qilib, jasorat koʻrsatishdi. Misol uchun 1941-yilning kuz-qish oylaridagi Moskva ostonasida hayot-mamot janglari boʻlib, unda Qoʻchqor Turdiyev, Isʼhoqov, Abubekov, Yusupov, Madaminov, Abdulla Togʻayev kabi millionlab oʻzbekistonliklar qatnashdi.

Ikkinchi jahon urushida birinchi oʻzbek generali, 57-gvardiyachi diviziyasining qoʻmondoni Sobir Rahimov Yevropa xalqlarini fashistlardan ozod etishda faol qatnashdi. Koʻrsatgan harbiy jasorati uchun u toʻrt marta “Qizil  Bayroq”,“Suvorov”, “Qizil Yulduz” ordeni va koʻplab medallar bilan taqdirlandi.

Bugungi tarix adabiyotlarida Sobir Rahimovning koʻrsatgan jasoratlari bot-bot yoritiladi. Lekin mustabid Sovet tuzumining Sobir Rahimovga nisbatan qilgan adolatsizliklari esa tilga olinmaydi.

Ushbu maqolamizda mustabid tuzum tomonidan birinchi oʻzbek generali Sobir Rahimovga qilingan shafqatsiz qiynoqlar, uning sinovga toʻla hayoti haqida soʻz yuritamiz.

Bolalik

Birinchi oʻzbek generali Sobir Rahimov 1902-yil 25-yanvar kuni dunyoga kelgan. Uning qayerda tugʻilgani haqida turli munozaralar mavjud. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, u hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyati, Kazigurt tumanida dunyoga kelgan. Baʼzi manbalarda esa Sobir Rahimov Toshkent shahrida tugʻilgani qayd etilgan. Boʻlajak generalning otasi qozoq, onasi esa oʻzbek millatiga mansub boʻlgan. Uning otasi Umar Rahim oʻgʻli tegirmonchi edi. 1909-yilda kutilmaganda Sobir Rahimovning otasi vafot etib, u yetim qoladi. Sobirjon 1921-yilgacha tikuvchiga shogird tushib, onasiga tayanch boʻladi.

Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Bahrom Irzayevning maʼlumot bericha, Sobir Rahimovning tafakkuri Toshkentning qaynoq muhitida shakllangan. U jadid maktabida tirishqoqlik bilan taʼlim olgan.

Sobir Rahimov 1922-yilda qizil armiya safiga xizmatga borgan. Keyinchalik, u bir qator oʻzbek yoshlari bilan tahsil olish uchun Ozarbayjonga yoʻl oladi. Boʻlajak general 1925-yilda Boku birlashgan harbiy maktabini tamomlab, vatanga qaytadi. Sobir Rahimov vatanga qaytishi bilan “Alohida oʻzbek otliq askarlar polki”da kapitan unvonida faoliyat boshladi. U 1930-yil komandirlar sostavi malakasini oshirish kursini tugatdi.

Sobir Rahimov 1932-yil 17-mayidan 6-Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasi, 1936-yildan 19-Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasi tarkibidagi 42-oʻzbek togʻ-otliq polki shtab boshligʻi lavozimida ish olib borgan. 

Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Bahrom Irzayevning maʼlumot bericha, XX asrning 30-yillarida Mirkomil Mirsharopov rahbarligidagi oʻzbek togʻ-otliq diviziyasining shuhrati va harbiy salohiyati mislsiz yuksalgan. 1935-yil yanvardan diviziya qoʻmondonligiga I.V.Selivanov (1886-1942) tayinlanadi. Biroq, 19-Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasida I.V.Selivanov oʻzining tajangligi, axloqsiz tili bilan tez orada hurmatsizlanadi. U ahvolni tuzatish maqsadida ayrim mahalliy zobitlarni sotib olishga kirishadi. Jumladan, 1936-yil 30-aprelida Sobir Rahimovni ham bosmachilar bilan kurashda koʻrsatgan qahramonliklari uchun deb “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlaydi. Shunga qaramay u Selivanovning ordeniga uchib doʻstlariga xiyonat qilmadi va totalitar tuzumning qatagʻon roʻyxatidan oʻrin oladi.

Qamoq va zulm

Qora roʻyxatga tushgan Sobir Rahimov 1938-yilda qizil armiya safidan zaxiraga boʻshatildi. U oʻsha yili 17-mart kuni bitilgan order asosida qamoqqa olindi. Shaxsiy anketasiga koʻra, bu vaqtda uning oila aʼzolari sifatida turmush oʻrtogʻi Rahima Hasanova va uning onasi Shosiroʻy xonimlarning nomlari keltirilgan. Sobir Rahimov ilk soʻroqdayoq oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni mutlaq rad etdi.

Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, 1938-yil 28-mart kuni Sobir Rahimovga OʻzSSR JKning 57-(chet el josusi) va 67-(aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi) moddalari qoʻllab qaror chiqariladi. 1938-yil 1-aprelidan tergovchilar undan aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi ekanligini tan olishini talab qiladi. U tahqir va qiynoqlarga sabot bilan bardosh beradi. 1938-yil 7–8–aprel kunlari tergovchi Vasilyev avval musht bilan soʻng 1,20 metrlik metall kaltak olib tinimsiz savalaydi. Shundan soʻng 7 kun davomida tik oyoqda qoʻyib, muttasil jismoniy qiynoqlar qoʻllaydilar. 15-aprel kuni aqldan ozish darajasiga kelgan Sobir Rahimov qoʻliga tutilgan qogʻozlarga imzo chekadi va shu kunigina uni kameraga sudrab olib kelishadi.

Sobir Rahimovni 1938-yil 19-may kuni yana tergovga chaqiradilar. Bu gal undan diviziyada mavjud aksilinqilobiy tashkilot aʼzosisan va qolgan aʼzolarning nomlarini ham keltirasan deb talab qilishadi. U 19-Oʻzbek togʻ-otliq diviziyasida hech qanday aksilinqilobiy tashkilot yoʻq deb javob beradi. Shundan soʻng Vasilyev uni tahqirli soʻzlar bilan haqoratlab, “Mirsharopov marshi”ni kuylagansan, “ruslar ustimizdan toʻla hukmronlik boʻlmoqchi, bu dayuslar bizni komandir sifatida tan olmayapti,” degansan, endi hammasiga javob berasan deydi. U birorta ayblovni tan olmasligini va biror joyga imzo chekmasligini maʼlum qiladi. 22-may kunidan yana 4 kun tik oyoqda qoʻyib qiynoqqa soladilar. Zulm va ochlikdan holsizlangan Sobir Rahimov 1938-yil 25-may kuni hushidan ketib yiqiladi.

1938-yil 12-sentyabr kuni yana soʻroqqa chiqariladi. Bu gal uning oldiga guvoh Muhammad Ziyoyev degan kimsani keltirishadi. Yuzlashtirishda Muhammad Ziyoyev oʻzining 1932-yilning may oyida Samarqandda aksilinqilobiy tashkilot yigʻinida uni koʻrganligini aytadi. Sobir Rahimov tinglaydi va oʻzining aynan oʻsha vaqtda Samarqandda emas Toshkentda boʻlganini isbotlab beradi. Bu gal ham ishi oʻxshamagan tergovchilar S.Rahimovni 14–19 –sentyabr kunlari yana tik holatda qoʻyib mislsiz qiynoqqa soladilar. Sobir Rahimov oʻziga qoʻyilgan barcha boʻhtonlarini qatʼiy rad etib, birorta ayblovni tan olmasligini maʼlum qiladi.

Ozodlik

Sobir Rahimovning 1939-yil 30-aprel kuni SSSR Davlat xavfsizligi bosh komissari Lavrentiy Beriyaga yozgan arizasi baxtli tasodifmi uning qoʻliga yetib boradi. Mazkur ariza asosida 1939-yil 17-may kuni Sobir Rahimov ishi yuzasidan qayta tekshirishlar boshlanadi. 1939-yil 25-iyun kuni soʻroqda Sobir Rahimov oʻziga nisbatan amalga oshirilgan boʻhton, noqonuniy qiynoq va tahqirlarni soʻzlaydi. 1939-yil 29-iyun kuni qayta tergov yakunlanib, unga qoʻyilgan OʻzSSR JKning 57-2, 63-, 65-, 67-moddalarida koʻzda tutilgan jinoyatlar dalillar bilan isbotini topmagan deb oqlashga qaror chiqariladi. 1939-yil 2-iyul kuni Sobir Rahimovdan qamoqda qoʻllanilgan qiynoqlar va soʻroqlarni mutlaq sir tutishga soʻz beruvchi yozma olinadi va turmadan chiqishi uchun talon beriladi.

Urush

1939-yil sentabr oyida Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Sovet Ittifoqi oʻz qurolli kuchlarini kuchaytirish maqsadida sobiq harbiylarni armiya safiga chaqirdi. Sobir Rahimov o‘ziga nisbatan qilingan xaqsizliklarni bir chetga surib, frontga yo‘l oldi. U uzoq vaqt sarson sargardonliklardan soʻng 1940-yil oxiriga kelib qurolli kuchlar safiga qayta tiklanishga muvaffaq boʻldi va Gʻarbiy maxsus harbiy okrugga joʻnatildi.

1941-yilning iyun oyida Germaniya Sovet Ittifoqiga qarshi urush boshladi. Sobir Rahimov mayor unvonida motooʻqchilar polkining komandiri oʻrinbosari lavozimida faoliyat boshladi. U gʻarbiy frontda Belarus va Smolensk viloyatidagi mudofaa janglarida qatnashgan. 1941-yilning iyul oyida yaralanib, gospitalga yuboriladi.

Sobir Rahimov davolangach, yana frontga qaytadi. Rahimov 1941-yilning noyabr oyi soʻngida shiddatli janglarda oʻz polki bilan Rostov shahrini birinchi boʻlib ishgʻol etadi va bu xizmati uchun u “Qizil bayroq” ordeni bilan taqdirlanadi. 1942-yilning yanvar oyida yana jarohatlanib, may oyida tuzaladi.

Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Bahrom Irzayevning maʼlumot bericha, 1942-yilning yozida Vermaxt Qizil armiyani Volgaga taqab qoʻygan paytda Sobir Rahimov Shimoliy Kavkaz mudofaasiga masʼul boʻldi.  U sentyabr oyiga kelib diviziya qoʻmondonligini qoʻlga olib, dushmanni Qora dengizga chiqishlariga asosiy toʻsiq yaratadi. Dushman qancha kuch tashlamasin u chekinishni xayoliga ham keltirmadi. 1943-yil boshida polkovnik Sobir Rahimov diviziyasi Shimoliy Kavkazdagi hujum operatsiyalarida mislsiz janglarda haqiqiy qahramonlik koʻrsatdi. U 1943-yil 19-mart kuni general mayor harbiy unvonini oldi. Rahimov general boʻlishiga qaramay qadim turkiy qoʻmondonlar anʼanasiga amal qilib, har qanday jangda oldingi saflarda turdi. Hamisha oddiy askarlar bilan hamsuhbat va hamfikr boʻldi.

1943-yil 8-aprel kunida general-mayor Rahimov diviziya boshqaruvidan olinib, Moskvaga bosh shtab harbiy akademiyasiga oʻqishga yuborildi. Bosh shtab harbiy akademiyasining jadallashtirilgan kursini tugatgach, frontga qaytadi va 1943- yilning noyabrida oʻqchilar diviziyasiga komandir etib tayinlanadi. Sobir Rahimov 65-armiya tarkibida Sharqiy Prussiyaga hujum operatsiyasida ham jonbozlik koʻrsatadi. U Janubiy frontdagi motorlashtirilgan polk komandiri, Zakavkazchye frontida oʻqchi diviziya komandiri sifatida eng ogʻir nuqtalardagi janglarda shaxsan oʻzi boshchilik qildi.

Vafot

General Sobir Rahimov 1-Belorussiya fronti qoʻshinlari tarkibida Baranovichi, Slonim, Belostok, Graudens va boshqa shaharlarni, Belorussiya va Polshani ozod qilishda qatnashdi. Gdansk koʻchalariga ham birinchi boʻlib kirib keldi. 1945-yil 26-mart kuni Gdansk shahrini ozod etish uchun boʻlgan jangda hujumga oʻtgan dushman kemalari artilleriyasidan otilgan katta kalibrli toʻplardan diviziyaning kuzatuv punkti yoʻq qilindi. Kuzatuv postida boʻlgan general-mayor S.Rahimovning boshi snaryad parchasidan ogʻir yaralandi va sakkiz soatdan keyin hushiga kelmasdan kasalxonada vafot etdi.

Sobir Rahimovni Polshada iliqlik bilan eslashadi. U Polshaning Grudzyondz, Gnev, Starograd, Dzyaddovo shaharlarini ozod etish uchun boʻlgan janglarda sarkardalarga xos harbiy sanʼatni namoyish etgan. Eng qizigʻi shunday jasorat koʻrsatgan oʻgʻlonga Qahramon unvoni berilmadi. Faqatgina Stalin vafotidan soʻng, aniqrog‘i 1964-yil 6-mart kuni Sobir Rahimovga Qahramon unvoni berildi.

 “Shon-sharaf” muzeyi tarixchilarining maʼlumot berishicha, 60-yillar oʻrtalarida Sobir Rahimovning rafiqasiga Gdansk shahrining ramziy kaliti topshiriladi. Buning bilan polyak xalqi dushmanlardan ozod boʻlishda jonbozlik koʻrsatgan shaxsni unutmasligini bildiradi.

60-yillarda Sobir Rahimovning xoki Toshkentga koʻchirib keltirildi. Uning qahramonliklariga atab koʻplab badiiy asarlar va badiiy film yaratilgan. 1981-yil Toshkentning Sobir Rahimov tumanida muhtasham haykal oʻrnatildi. Sovet adabiyotlarida uning faqat Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan jasorati yoritildi. Generalning qatagʻon qilingani esa hech bir adabiyotda yodga olinmadi. Zero. Sobir Rahimovga qilingan qatagʻonni esdan chiqarib boʻlmaydi.


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Bugun, 29-oktabr kuni dunyo reytingida 66-örinni egallab turgan özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio ş…
12:01 / 30.10.2026
“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga jami 80 milliard söm kompensatsiya tölan…
14:10 / 28.10.2026
AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026
“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiq…
14:29 / 31.10.2026
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026
Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Sönggi kunlarda havo sifatining keskin yomonlaşuvi yana jamoatçilik e’tibori markazida bölib turibdi.
09:18 / 29.10.2026
30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:45 / 29.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida öqituvçi 8-sinf öquvçi qizini sinfdoşlari oldida kaltakla…
10:58 / 30.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!