$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Toshkentda ona 3 yoshli bolasiga uxlatuvchi dori berib, muntazam qiynagani aniqlandi

09:54 / 14.08.2026

Toshkentning Yashnobod tumanida ona 3 yoshli o‘g‘liga muntazam ravishda jismoniy zo‘ravonlik qilgani, shuningdek, uni qarovsiz qoldirish uchun uxlatuvchi dori vositasini bergani aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir guruh qo‘shnilar Bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, 1989-yilda tug‘ilgan A.T. voyaga yetmagan o‘g‘li A.I.ga nisbatan muntazam zo‘ravonlik qilayotgani haqida xabar bergan. Murojaatda ona bolaga uxlatuvchi dori berib, uni doimiy ravishda qarovsiz va parvarishsiz qoldirayotgani ham qayd etilgan.

Holat Bolalar ombudsmanining rasmiy so‘rovi asosida Ichki ishlar boshqarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganilgan.

Tekshiruv natijasida bolaga nisbatan muttasil tazyiq va qiynash holatlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining 110-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, bolaning xavfsizligini ta’minlash maqsadida unga himoya orderi rasmiylashtirilgan.

Hozirda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan. Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, uning salomatligi hozir barqaror va yaxshi holatda.

Bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuman vasiylik organi tomonidan unga vaqtincha vasiylik ta’minlangan.

Shuningdek, bolaning onasi ota-onalik majburiyatlarini bajarmagani sababli uni onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha sudga murojaat etish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.

Bolalar ombudsmani avval ham bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Jumladan, 27-iyul kuni Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida otaning 9 yoshli qiziga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani haqidagi holat bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston

														O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026

														Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026

														Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026

														Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

														Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026

														Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

														Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026

														Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026

														Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026

														Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026

Bu ham qiziq

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
Putin Zelenskiyning bayonotini “davlat terrorizmiga teng” deb baholadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya havo hududining tobora xavfli bo‘lib bor…
15:05 / 02.09.2026
Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026
Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026
Belgiyada Isroil klubi ishtirokidagi Yevropa Ligasi o‘yiniga ruxsat berilmadi

Belgiyaning Lyoven shahri meri Muhammad Riduani “Den Dref” stadionida Bryusselning “Yunion” va Isroilning “Xapoel” (Beer-She…
14:59 / 02.09.2026
Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026
Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!