AQShning Texas shtatida jazirama issiq sababli yuzaga kelayotgan og‘ir sharoitlar ortidan federal sudya barcha qamoqxonalarga 2029 yil oxirigacha konditsioner o‘rnatishni buyurdi. Bu haqda “The Texas Tribune” xabar berdi.
AQSH okrug sudyasi Robert Pitman o‘z qarorida konditsionersiz qamoqxonalardagi sharoitlar AQSH Konstitutsiyasining shafqatsiz va g‘ayrioddiy jazolardan himoya qilishni nazarda tutuvchi sakkizinchi tuzatishiga zid ekanini qayd etgan. Sudya Texas Jinoyat ishlari bo‘yicha departamentiga barcha qamoqxonalarga konditsioner o‘rnatish ishlarini 2029 yil 31 dekabrgacha yakunlashni topshirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1-sentyabr holatiga 104 ta muassasaning uchdan biridan sal ko‘prog‘igina to‘liq konditsionerlangan bo‘lib, qariyb 90 ming mahbus hamon shunday sharoitsiz qolmoqda. Sud qarorida 2023–2025 yillarda kamida 9 nafar mahbus haddan tashqari issiq tufayli vafot etgani keltirilgan.
Texas Jinoyat ishlari bo‘yicha departamenti sud qaroriga rozi emasligini va apellyatsiya berishini ma’lum qilgan. Idora qamoqxonalarda sovutiladigan xonalar, ventilyatorlar va sovuq suv kabi choralar ko‘rilayotganini, shuningdek, sovutiladigan o‘rinlar sonini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilganini bildirgan. Biroq barcha qamoqxonalarga to‘liq konditsioner o‘rnatish qiymati 1,5 milliard dollargacha yetishi mumkin. Sudya departamentdan jarayon bo‘yicha har olti oyda hisobot taqdim etishni talab qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!