Ichimlik suvi tariflarini belgilash vakolati hukumatga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan boshlab ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlash vakolati hokimliklardan olinib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladi.
Bu tartib 24-iyul kuni qabul qilingan “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan belgilandi.
Farmonga ko‘ra:
2026-yil 1-sentabrdan “O‘zsuvta’minot” AJga topshiriladigan barcha ichimlik suvi va oqova suv infratuzilmasi loyihalari maxsus elektron platformada yuritiladi.
Sohaga xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlarining kredit hamda grant mablag‘lari kengroq jalb etiladi.
2027-yildan markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘ini qurish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan hududlarda aholini suv bilan ta’minlash maxsus texnikalarda suv yetkazib berish, suv shoxobchalarini tashkil etish kabi muqobil usullar orqali yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur o‘zgarishlar tarif siyosatini yagona tartibda yuritish, ichimlik suvi infratuzilmasini rivojlantirish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!