Yaponiyadagi kuchli zilzila qurbonlari soni 13 nafarga yetdi
Yaponiyaning janubida sodir bo‘lgan 7,1 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni qidirish va qutqarish ishlarini davom ettirmoqda.
Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichining ta’kidlashicha, qutqaruv ishlarida har bir daqiqa muhim ahamiyatga ega va imkon qadar ko‘proq inson hayotini saqlab qolish uchun barcha kuch va vositalar safarbar etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra:
36 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan;
260 mingga yaqin aholi evakuatsiya markazlariga ko‘chirilmoqda;
Qisman qulagan savdo markazi vayronalari ostidan 8 kishi tirik qutqarildi;
Gaz portlashi ehtimoli bilan bog‘liq hodisada 2 nafar ayol halok bo‘ldi.
Shuningdek, Nippon Paper Industries zavodida mo‘ri qulashi oqibatida 7 kishi bedarak yo‘qolgan, 4 kishi og‘ir jarohat olgan. Kumamoto prefekturasidagi yirik Aeon savdo markazida ham katta vayronagarchilik kuzatilgan.
Zilziladan so‘ng Honda, Tokyo Electron va TSMC kabi yirik kompaniyalar xavfsizlik chorasi sifatida ayrim ishlab chiqarish faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi yoki xodimlarini evakuatsiya qildi.
Mutaxassislar aholini kamida bir hafta davomida takroriy kuchli zilzilalar va ko‘chkilar xavfi saqlanib qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Zilzila epitsentri Kumamoto shahridan taxminan 20 kilometr janubda joylashgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!