Seshanba kuni Tokioda yog‘gan qor tufayli 130 dan ortiq odam kasalxonaga yetkazilgan. Bu haqda “Kyodo News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘pchilik qor yog‘ishi tufayli yiqilib, jarohatlangan. Xabarda aytilishicha, shikastlanganlar 4 yoshdan 92 yoshgacha bo‘lgan va ularning hech birining ahvoli hayot uchun xavfli emas.
Qo‘shni Kanagava prefekturasida 30 dan ortiq, Saytama prefekturasida esa 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.
“JR East” ma’lumotlariga ko‘ra, oltita tezyurar poyezd stansiyalarda 10 soatdan ko‘proq vaqt davomida qolib ketgan, buning natijasida 1600 dan ortiq yo‘lovchilar tunda bortda uxlab qolishgan. Ulardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shifoxonaga yetkazilgan.
Nippon Airways va Japan Airlines 30 ga yaqin ichki reyslarni, asosan, Tokioning Xaneda aeroportida bekor qildi.
Meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni kechqurun Gumma prefekturasidagi Maebasida qor qalinligi 11 sm, Tokio markazi va Saytama shaharlarida esa 8 sm bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!